Vakansiyalar

O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutidagi bo‘sh lavozimlar uchun, huquqiy ta’lim (bosh yuriskonsult lavozimiga), ingliz va rus-tili (professor-o‘qituvchilik lavozimiga), kompyuter texnologiyalari va informatika hamda aloqa va axborot-lashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari (axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limidagi lavozimlarga), jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha(ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘yicha inspektor lavozimiga) hamda gumanitar soha (psixologiya ta’lim sohasi bo‘yicha ilmiy darajaga ega fuqarolar), texnik va tabiiy fanlar sohalari bo‘yicha ilmiy darajaga ega 36 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlariga ishga (xizmatga) qabul qilish bo‘yicha nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi.

Nomzodlar O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentabrdagiIchki ishlar organlarito‘g‘risidagi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son Qarori  talablari asosida xizmatga qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: (0371) 258-48-44, 258-56-57, (97) 443-83-20