O‘quv yong‘in o‘chirish qismi

O‘QUV YONG‘IN O‘CHIRISH QISMI

MAQSADI:

Institut kursantlari tomonidan egallangan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, yong‘in bilan bog‘liq real va keskin vaziyatlarda ruhiy, jismoniy tomondan to‘g‘ri harakat qilish, qat’iy qarorlar qabul qilish jihatlarini rivojlantirish, kelgusida tayinlanadigan lavozimlar bo‘yicha kasbiy mahorat hamda amaliy ish ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘nalishidagi faoliyatni amalga oshirish.

VAZIFALARI:

  • O‘zbekiston Respublikasi Yong‘in xavfsizligi xizmati oldida turgan vazifalarni e’tiborga olgan holda institutning ixtisoslik kafedralarida kursantlar tomonidan olingan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash va chuqurlashtirish;
  • Xizmat faoliyatini o‘tash va yong‘inlarni yoki yong‘in bilan bog‘liq favqulodda holatlarni bartaraf etishga taalluqli jangovar harakatlarni amalga oshirishda Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, vazirlikning nizom va yo‘riqnomalari talablariga muvofiq qism boshlig‘i va uning o‘rinbosari, smena boshlig‘i, bo‘linma komandiri va yong‘in o‘chiruvchi vazifalarini bajarish bo‘yicha kursantlarni amaliy o‘qitish;
  • Qismda xizmatni o‘tash vaqtida, yong‘in va favqulodda holatlarni bartaraf etishda smena va bo‘linmalar shaxsiy tarkibi tomonidan amalga oshiriladigan jangovar harakatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
  • Qism boshlig‘i, uning o‘rinbosari, bo‘linma va smena boshlig‘i lavozimlaridagi stajerlarda qism, bo‘linma, smena shaxsiy tarkibi bilan mashg‘ulotlarni o‘tish yuzasidan kasbiy-pedagogik mahorat ko‘nikmasini hosil qilish;
  • Kursantlarda yong‘in xavfsizligi qismlarida yuritiladigan xizmat hujjatlari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish.

O‘QUV YoNG‘IN O‘ChIRISh QISMI FAOLIYaTI:

Institut kursantlarining o‘quv, ish o‘rganish  va malakaviy   amaliyotlari tegishli me’yoriy xujjatlar asosida ikki bosqichda o‘tkaziladi. Amaliyotning 1-bosqichi institut O‘quv yong‘in o‘chirish qismida quyidagi lavozimlarda, 1-kurs kursantlari «Yong‘in o‘chirish qismi yong‘in o‘chiruvchisi»,  2-kurs kursantlari «Yong‘in o‘chirish qismi ekipaj komandiri»,  3-kurs kursantlari «Yong‘in o‘chirish qismi smena boshlig‘i», 4-kurs kursantlari «Yong‘in o‘chirish qismi boshlig‘i o‘rinbosari» va 5-kurs kursantlari «Yong‘in o‘chirish qismi boshlig‘i» lavozimlarida sutkalik navbatchilikka tushgan holda o‘tkaziladi.

O‘quv yong‘in o‘chirish qismi jangavor bo‘linmalari O‘bekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti va IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlangan Toshkent shahar IIBB YoXB hamda Toshkent viloyati IIB YoXB xududlarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti bilan hamkorlik qilish Yo‘riqnomasiga asosan yong‘in va tabiy ofatlarni bartaraf qilishda ishtirok etadi.

Hamkorlik qilish Yo‘riqnomasiga asosan, O‘quv yong‘in o‘chirish qismi, institut bilan tutash bo‘lgan Sergeli tumanini yong‘indan muhofaza qiluvchi       8-HYoXQ bilan birgalikda, tumanda joylashgan maskanlarda yong‘in-taktik mashq va mashg‘ulotlarda ishtirok etadi, shuningdek reja asosida tuman xududidagi yer osti suv olgichlarini xolatini o‘rganadi.

Yong‘in o‘chiruvchi lavozimida amaliyot o‘tayotgan kursantlar bilan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyoruqlari asosida Boshlang‘ich tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkillashtiriladi.

Shuningdek xizmat va jangovor tayyorgarlik yo‘nalishida yong‘inlarni muvafaqiyatli o‘chirishni tashkil qilish, yong‘in o‘chirish asbob-anjomlaridan to‘g‘ri va sifatli foydalanish, kasbiy mahoratini amalda oshirish maqsadida, jangovor tayyorgarliklari yuqori darajada bo‘lishi, yong‘inlarni bartaraf etishda hal etuvchi yo‘nalishni to‘g‘ri aniqlashlari, kuch va vositalarni boshqaruv uslublarini hamda korxona muassasalarni taktik-texnik jihatdan bilishlari muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashq va mashg‘ulotlari bevosita kursantlar tomonidan bajarib boriladi.

Tezkor vaziyatiga ko‘ra chaqiruv bo‘yicha qism bo‘linmalari  bilan birgalikda  yong‘in va  avariya  joyga  chiqish  uchun  institutda 30 nafar kursantlar doimiy jangovar holatda turadi.

FAOLIYaT NATIJALARI:

Amaliyotning 1-bosqichi davomida smena xizmatini, smena shaxsiy tarkibining xizmat vazifalari, smenani qabul topshiruvi tartibi, navbatchi smenaning xizmat xujjatlarini rasmiylashtirish, qism chiquv xududida joylashgan o‘ta muhim va toifalangan korxonalar va suv manbaalarining joylashishi o‘rganib chiqildi.

Barcha lavozimlar bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyotlar yakunida institut o‘quv bo‘limi xodimlari ishtirokida sinovlar qabul qilinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidetining tegishli qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2017 yilda O‘quv yong‘in o‘chirish qismiga «Samavto» MChJda ishlab chiqilgan «Isuzu Motors, NQR71PL»  shassida tayyorlangan yong‘in o‘chirish avtomobili ajratildi. Bugungi kunda yong‘inlarni bartaraf etishda hamda kursantlar bilan o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlarda samarali foydalanib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2018 yilda O‘quv yong‘in o‘chirish qismiga «AS-MAN-CLA-13280» shassida yig‘ilgan yong‘in o‘chirish avtosisternasi ajratilishi rejalashtirilgan.