O‘QUV KURSLARI SAF QISMI
MAQSADI:
O‘quv kurslari Saf qismi Institutning alohida tarkibiy
tuzilmasi bo‘lib, Institut kursantlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurrolli Kuchlari
Umumharbiy nizomlari talablari asosida, shuningdek milliy g‘oyaga sadoqat va vatanparvarlik
ruhida, ilmiy dunyoqarashga ega va mustaqil fikrlashga qodir ma’naviy boy va har
tomonlama rivojlangan shaxslar etib tarbiyalash yo‘nalishidagi faoliyatni amalga
oshirish
VAZIFALARI:
- Kursantlarning
kundalik turmushi va faoliyatini Institutda belgilangan kun tartibiga muvofiq
ravishda amalga oshirish hamda yashash va ta’lim olishlari uchun zaruriy shart-sharoitlar
yaratish;
- Kursantlarni
ilmiy dunyoqarashga ega va mustaqil fikrlashga qodir, ma’naviy boy va har tomonlama
rivojlangan shaxslar etib tarbiyalash;
- Kursantlarda
yuksak intizomni tarbiyalash, O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga bo‘lgan
burch va shaxsiy mas’uliyat, o‘z xalqiga mislsiz sadoqat hissini yuksaltirish;
- Kursantlarga
qasamyodga sodiq bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga
qat’iy amal qilish hissini singdirish;
- Kursantlarda
yuskak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni shakllantirish hamda saf tayyorgarligi
mashg‘ulotlarini tashkil etish.
FUNKSIYALARI:
- har bir
kursant Institutda belgilangan kun tartibi talablarini bilishi va vijdonan
bajarishini ta’minlash hamda doimiy nazorat olib borish, ta’lim jarayoni, kundalik
faoliyatning boshqa vazifalari bilan uyushgan holda olib borilishini tashkil
etish;
- kursantlarning
intellektual, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy kamol topishiga bo‘lgan talab va
ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish hamda noyob iste’dod sohiblarini aniqlash,
badiiy, ilmiy va sport to‘garaklariga ularni jalb etish va kasbiy yuksalishi
hamda mukammallikka erishish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- kursantlarda
Vatanimiz kelajagi yo‘lida vijdonan va halol mehnat qilish, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni hurmat qilish, xalq oldida mas’uliyatni his qilish, ularda fidoiylik
hislatlarini shakllantirish va shu kabi boshqa bir qator funksiyalarni bajaradi.
O‘QUV KURSLARI SAF QISMI FAOLIYATI:
O‘quv kurslari saf qismi xizmat faoliyatini Institut boshlig‘i
tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga qat’iy rioya qilgan holda tashkillashtiradi.
Bugungi kunda Respublikamiz miqyosida olib borilayotgan
sohaga oid islohotlarni chuqur o‘rganish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmon va qarorlari talablaridan kelib chiqqan holda O‘quv kurslari saf qismining
xizmat faoliyati tubdan takomillashtirilib, kursantlarga mazkur normativ-huquqiy
hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda qo‘yilgan talablarga munosib,
professional kadrlar bo‘lib yetishishlari yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirib
kelinmoqda.
FAOLIYAT NATIJALARI:
O‘quv kurslari Saf qismi kursantlari 2017 yilning 20 fevralidan
31 mart kuniga qadar “Voleyboll” sport turi bo‘yicha “Dinamo sport jamiyati kompleksi”da,
30-31 mart kunlari “Stol tennisi” bo‘yicha, 18-19 aprel kunlari “Yengil atletika”,
27-29 aprel kunlari “Ko‘pkurash” bo‘yicha, 10-25 may kunlari “Futboll” bo‘yicha,
1-2 iyun kunlari “O‘q otish” bo‘yicha, 18-19 avgust kunlari “Shaxmat” bo‘yicha,
28-30 noyabr kunlari “Qo‘l jangi” bo‘yicha musobaqada munosib ishtirok etishdi.
2017 yilning 30 may kuni Institut terma jamoasi Xorazm
viloyatida IIO shaxsiy-tarkibi o‘rtasida o‘tkazilgan sportning «Qo‘l jangi» turi
bo‘yicha musobaqada ishtirok etib, 4-bosqich kursanti R.R.Shakirov IIO terma jamoalari
ichida “Eng yuqori texnika sohibi” nominatsiyasi g‘olibligini qo‘lga
kiritdi. Bundan tashqari IIV yong‘in xavfsizligi xodimlari o‘rtasida joriy yilning
20-23 aprel kunlari Navoiy viloyatida “Yong‘in o‘chirish amaliy sporti” bo‘yicha
bo‘lib o‘tgan musoboqada Institut terma jamoasi 5-o‘rinni egalladi.
O‘quv kurslari “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari IIVning
tegishli buyruqlari talablari asosida jihozlangan bo‘lib, Prezidentimizning “Kitobxonlik
madaniyati” yuzasidan chiqargan qarorlari asosida barcha kurslarda kursantlar bevosita
foydalanishlari uchun 400dan ortiq ba’diy adabiyotlar bilan to‘ldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashabbusi
bilan 2018 yil 20 yanvar kuni vazirlik “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da
MB, Milliy Gvardiya harbiy-texnika instituti, IIV, FVV, va MXXning chegara qo‘shinlariga
qarashli oliy ta’lim muassasalari terma jamoalari o‘rtasida “Hazil xizmatimizda
yordam beradi” deb nomlangan quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. IIV
nomidan Yong‘in xavfsizligi institutining “VSF” ya’ni “Vatanga sodiq farzandlar”
jamoasi tanlovda munosib ishtirok etib, fahrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
2017 yil fevral oyida “Internetdagi tahdidlardan himoya”
nomli kitob taqdimoti yuzasidan, 11 aprel kuni Toshkent Islom Universiteti mutaxassislari
ishtirokida “Missionerlikning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi” mavzusi bo‘yicha davra
suhbatlari, aprel oyida IIV Markaziy poliklinikasi shifokor terapevti ishtirokida
“Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish-salomatlik garovi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti,
aprel oyida “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga hamda “Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat
musiqiy teatri”ga kursantlarning tashrifi tashkillashtirildi, 17 dekabr kuni institut
“ma’naviyat va ma’rifat” zalida “Ichki ishlar idoralari faoliyatini tubdan isloh
qilish bo‘yichp qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlarni o‘rganish” rukni ostida
seminar mashg‘uloti o‘tgazildi.
2017 yil 11 mayda Sergeli tumanidagi Politexnika kasb-hunar
kollejida Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2017 yil 09 fevral kunida o‘tkazilgan
videoselektr yig‘ilishida haftaning payshanba kuni “Jinoyatchilikning oldini olish
va huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”, chorshanba kuni “Yong‘inlar profilaktikasi
kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Vatanga xizmat – oliy saodat!
2017 yil 1 sentabr kuni – O‘zbekiston Respublikasi
Mustaqilligining 26 yilligi nishonlanadigan sanada Ichki ishlar vazirligi Yong‘in
xavfsizligi institutida 1-o‘quv kursi kursantlari tantanali ravishda
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimining qasamyodini qabul qildilar.
Shundan so‘ng 1-o‘quv kursi kursantlari birin-ketin
Vatani, xalqi hamda Prezidentiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilishdi.
An’anaga muvofiq, a’lo o‘qishi, namunali xulqi, jamoat ishlaridagi faolligi
bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan kursantlarni “O‘zbekiston Respublikasi ichki
ishlar vazirining stipendianti” Fahriy yorlig‘i bilan taqdirlash to‘g‘risidagi respublika
ichki ishlar vazirining buyrug‘ini vazir o‘rinbosari polkovnik A.Sh.Mirzaev o‘qib
eshittirdi. General-mayor A.A.Azizov Vazir stipendiantlari, ya’ni 3-kurs kursanti Rustam
Rajabov, 4-kurs kursanti Davronbek Sulaymonov hamda 5-kurs
kursanti Buvaraimov Ziyodullolarga Faxriy yorliqlarni topshirar ekan,
ularning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.