Moliya
va ta’minot xizmati
Xizmat boshlig‘i – polkovnik Toxtamuratov
Dilshod Midxatovich.
Moliya va ta’minot xizmati tarkibiga kuyidagi bo‘lim va
xizmatlar kiradi:
- Moliya-iqtisod bo‘limi;
- Oziq-ovqat
ta’minoti bo‘limi;
- Qurilish
va kommunal foydalanish bo‘limi;
- Ta’minot
va maishiy xizmat bo‘limi;
- Avtomobil xo‘jaligi.
Institutning
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, zamonaviy o‘quv va ilmiy-laboratoriya
jihozlari bilan ta’minlash, shaxsiy tarkibning yashash sharoitlarini ta’minlash,
ularning oziq-ovqat va formali kiyim-kechak ta’minotini amalga oshirish, Institut
tasarrufidagi bino va inshootlarga texnik xizmat ko‘rsatish, kapital va joriy ta’mirlash
ishlarini amalga oshirish, transport xizmatini ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish Moliya
va ta’minot xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 maydagi «Yong‘in xavfsizligi sohasidagi
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2991-sonli Qarori bilan 2017-2021 yillarga
mo‘ljallangan «O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yong‘in xavfsizligi
instituti ta’lim-tarbiya faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash chora-tadbirlar dasturi» qabul qilingan.
Dastur
asosida Institut hududida 4 qavatli yangi zamonaviy o‘quv-laboratoriya kompleksi,
sport zal va hududdan tashqarida o‘quv poligonining qurilishi, bir qator binolarning
rekonstruksiya qilinishi va kapital ta’mirlanishi, o‘quv xonalarining zamonaviy
asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
bilan, shuningdek, yurtimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy yong‘in o‘chirish avtomobillari,
yong‘in-texnik jihozlarining xarid qilinishi va Institutning avtoparkini yangilanishi
ko‘zda tutilgan
Mazkur
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi, Institutda ta’lim-tarbiya
jarayoni sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim jarayoniga qo‘shimcha ravishda
yuqori texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy yong‘in o‘chirish texnikalari bazasida
ta’lim olish, shuningdek, Institut moddiy-texnika bazasini har tomonlama mustahkamlash
uchun keng imkoniyatlar yaratadi.