INSTITUT XODIMLARI “TASHKENT BOOK FEST – 2019” BIRINCHI XALQARO KITOB KО‘RGAZMA-YARMARKASIDA

INSTITUT XODIMLARI “TASHKENT BOOK FEST – 2019” BIRINCHI XALQARO KITOB KО‘RGAZMA-YARMARKASIDA

    О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti xodimlari joriy yilning 3 oktabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida poytaxtimizda tashkil etilgan “Tashkent Book Fest – 2019” birinchi xalqaro kitob kо‘rgazma-yarmarkasi matbaa, noshirlik, adabiyot, ta’lim-tarbiya, san’at va madaniyat sohalari vakillari, о‘quvchi-yoshlar, ota-onalarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi yirik loyihada ishtirok etishdi.

   Institut xodimlari “Tashkent Book Fest – 2019” birinchi xalqaro kitob kо‘rgazma-yarmarkasi noshirlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish, ishtirokchi davlatlarning adabiy merosi va matbaa sohasidagi yutuqlarini о‘rganishdi. Bu orqali nashriyotlar va kitob tarqatuvchilar, axborot-kutubxona muassasalari, manfaatdor tashkilotlar о‘rtasida hamkorlik aloqalarini yо‘lga qо‘yish bо‘yicha ma’lumotlar olishdi.

   Mazkur yarmarka doirasida mamlakatimizdagi yetakchi nashriyotlar, kitob savdosiga aloqador tuzilmalar, xususiy nashriyot-matbaa ijod uylari faoliyati, ularning kitob mahsulotlari bilan tanishishdi.

     “Tashkent Book Fest – 2019” birinchi xalqaro kitob kо‘rgazma-yarmarkasi kitobxonlik, ma’naviyat va ma’rifat, bilimdonlik, zakovat, adabiyot bayramiga aylandi.

   - Kо‘rgazma yarmarkasida “O’tkan kunlar” audio-romani hamda bir qator о‘zbek adiblarining asarlari taqdimoti, intelektual о‘yinlar hamda davra suhbatlari bо‘lib о‘tdi.