Yong‘in-texnika mahsulotini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi muhokama qilindi

2019 yil 3 aprel kuni Institut professor-o‘qituvchilari, malaka oshirish fakulteti va oliy kurslar tinglovchilari hamda kursantlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida yong‘in-texnika mahsulotini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mstiqboldagi vazifalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tidi. Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Yong‘in xavfsizligini ilmiy texnik ta’minlash markazi xodimlari qatnashdi. Davra suhbati jarayonida Yong‘in xavfsizligini ilmiy texnik ta’minlash markazi xodimlari mamlakatimizda yong‘in-texnika mahsulotini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib, hozirgi vaqtda ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan mahsulotlarning namunalari namoyish etildi. Shuningdek, tadbirda yong‘in-texnika mahsulotini ishlab chiqarish tartibi, bu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar, yongin-texnika maxsulotini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berilib, istiqboldagi rejalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi. Ma’lumot uchun: hozirgi kunda mamlakatimizda yong‘in o‘chirish avtosisternalari, “TFM-50” rusumidagi sintetik uglevodorodli bioqismlarga ajraluvchi ko‘pik hosil qiluvchi modda, umumiy maqsadda foydalaniladigan yong‘in o‘chirish kukuni, o‘t o‘chirgichlarning barcha turlari, birlamchi yong‘in o‘chirish asbob-anjomlari uchun qalqon va shkaflar, yong‘in o‘chiruvchining maxsus poyabzali va qutqaruv arqonini ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilgan.