HАRBIY OLIY TА'LIM MUАSSАSАLАRI KURSАNTLАRI OʼZАRO BELLАSHISHDI

HАRBIY OLIY TА'LIM MUАSSАSАLАRI KURSАNTLАRI OʼZАRO BELLАSHISHDI

    Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʼgʼrisida»gi qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 08 oktyabrdagi «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi PF-5847-sonli hamda 2019 yil 29 oktyabrdagi «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida»gi PF-6097-sonli farmonlarini, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi bilan Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurti oʼrtasida hamkorlik qilish maqsadida, Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurtining “Tillar” kafedrasi tomonidan joriy yilning 23 aprel kuni “Insurance: Can we believe or not” mavzusida bahs-munozara shaklida oʼtkazilgan davra suhbatida ishtirok etgan oliy taʼlim muassasalari kursantlari va talabalari quyidagi mavzularda prezentatsiya taqdimotlari oʼtkazdilar va bahs-munozaralar olib bordilar: 1. Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurti “Аvtotransport vositalari sugʼurtasi”; 2. Qurolli Kuchlar Аkademiyasi “Tibbiy sugʼurta”; 3. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi “Yongʼindan sugʼurtalash”; 4. Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Ijtimoiy sugʼurta”; 5. Chirchiq davlat pedagogika instituti “Mol-mulk va ijara sugʼurtasi”. Davra suhbatini Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurtining ilmiy va innovatsiya ishlari boʼyicha boshliq oʼrinbosari polkovnik Ya.Raschupkin hamda “Tillar” kafedrasi boshligʼi R.Shodievlar ochib berdilar.
  Davra suhbati davomida yuqoridagi oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan jamoalar aylana stol atrofida Oʼzbekistonda sugʼurtalash tizimi va ularning inson hayotida tutgan oʼrni toʼgʼrisida oʼzaro bahslashdilar.
   Davra suhbati oraligʼida FVV Аkademiyasining Oʼquv kurslari 3-kurs kursanti B.Dusimov jonli ijroda ingliz, rus va oʼzbek tillarida qoʼshiq kuylashi orqali davra suhbati ishtirokchilarini, professor-oʼqituvchilarni xushnud etdi.
    Davra suhbati davomida FVV Аkademiyasi kursantlari mavzular boʼyicha bahs-munozaralarda faol ishtirok etish bilan bir qatorda shu sohada oʼz bilim va koʼnikmalarini tengdoshlari bilan boʼlishdilar. Suhbat davomida davradagi ishtirokchilarga kuzatuvchi professor-oʼqituvchilar hamda kursantlar tomonidan ham qiziqarli va dolzarb savollar berildi.
  Bahs-munozaraga boy ushbu davra suhbati yakunida faol qatnashgan jamoalarga, oʼz maroqli taqdimotlari bilan ishtirok etgan kursantlar va talabalarga Chirchiq oliy tank qoʼmondonlik muhandislik bilim yurti rahbariyati tomonidan Tashakkurnoma va sertifikatlar taqdim etildi.


Malohat BАDАLBАYEVА,
Tillar kafedrasi katta oʼqituvchisi
podpolkovnik