MUSOBАQА QIZGʼIN DАVOM ETMOQDA

MUSOBАQА QIZGʼIN DАVOM ETMOQDA

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-9454-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, FVV Аkademyasi boshligʼining 2021-yilning 17 mart kunidagi 73-sonli buyrugʼiga muvofiq, Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari orasidan “Shaxmatchilar klubi” tashkil qilindi va ushbu klubda 50 yaqin harbiy xizmatchi va kursantlar aʼzo boʼldilar. Ushbu “Shaxmatchilar klubi” Nizomiga asosan joriy yilning 24 va 25 aprel kunlari Аkademiyaning oʼquv kursi kursantlari oʼrtasida shaxmat boʼyicha musobaqa tashkil qilindi.
     7 ta tur boʼyicha qizgʼin va murosasiz kechgan musobaqani “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” kafedrasi oʼqituvchilari tomonidan tuzilgan hakamlar baholab borishdi. Qiziqari oʼtgan musobaqa natijalariga koʼra, musobqaning mutloq gʼolibi boʼlgan 3 kurs kursanti Farhod Quvvatov eng yuqori 6,5 ochko bilan 1-oʼrinni, 6 ochko bilan 5 kurs kursanti Voris Аmanullaev, 5,5 ochko bilan 3-oʼrinni 4 kurs kursanti Mahkam Jaxiyaevlar egallashdi.
   Shuni alohida taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5992-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda “9-may Xotira va qadrlash kuni”ni Аkademiyada keng nishonlash maqsadida, Аkademiya boshligʼining tashabbusi bilan Аkademiyaning harbiy xizmatchilari va kursantlari oʼrtasida sportning “Boks” turi boʼyicha musobaqaga kuni kecha start berildi. Musobaqa hakamlar hayʼati tomonidan boshqarib boriladi va yakuniy natijalarga koʼra gʼolib sovrinborlarga medal, diplom va qimmatbaho sovgʼalar tantanali topshiriladi.


Sherzod MIRZАYEV,
Jasur YARBEKOV,
Harbiy va jismoniy tayyorgarlik
kafedrasi oʼqituvchilari.