MАLАKАVIY IMTIHONLАR

MАLАKАVIY IMTIHONLАR

    Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 30 yanvardagi 291/4-qarori bilan maʼqullangan, Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi huzurida tuzilgan texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.40/30.12.2020.T.129.01 raqamli ilmiy kengash qoshida tashkil etilgan, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yongʼin, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi boʼyicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tomonidan 2021 yilning 31 may kuni malakaviy imtihonlar qabul qilish rejalashtirilgan. FVV Аkademiyasi boshligʼining 2021 yil 21 maydagi “Malakaviy imtihon oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 137-sonli buyrugʼida: 1. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 30 yanvardagi 291/4-qarori bilan maʼqullangan 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik.
   Yongʼin, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi boʼyicha quyidagi komissiya tarkibida malakaviy imtihonni qabul qilish tashkillashtirilishi: Komissiya raisi: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi boshligʼining ilmiy va innovatsiya ishlari boʼyicha oʼrinbosari v.b., texnika fanlari doktori, dotsent; Rais oʼrinbosari: Kurbanbayev Shuhrat Ergashevich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Yongʼin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti boshligʼining oʼrinbosari, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ilmiy kotib: Dusmatov Xashim Mamatkarimovich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi kafedra professori, kimyo fanlari nomzodi; Komissiya aʼzolari: Musayev Marufdjon Nabiyevich – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor; Kuldashev Ikrom Xamiddullayevich - Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boʼlim boshligʼi, Texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Yoʼldosheva Ozodaxon Muxammadsodiq qizi - Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent; Qurbonov Xolmurod Аbdusalomovich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi kafedra professori, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 2. 2021 yilning 31 may kuni FVV Аkademiyasi oʼquv binosining 107-xonasida soat 15:00 da mustaqil izlanuvchilar Muxamedov Islom Ibragimovich, Djurayev Sobir Mirzaevich, Sodiqov Аlijon Nematilla oʼgʼli va Raupov Аnvarjon Razoqovichlardan 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik.
     Yongʼin, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi boʼyicha malakaviy imtihon qabul qilinishi; 3. Malakaviy imtihon qabul qilish jarayonida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan joriy etilgan karantin talablariga qatʼiy rioya qilinishi; 4. “Hayot faoliyati xavfsizligi” hamda “Texnologik jarayonlar yongʼin xavfsizligi“ fanlaridan imtihonlarni qabul qilish komissiyasi quyidagi aʼzolardan tuzilishi: Komissiya raisi: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi boshligʼining ilmiy va innovatsiya ishlari boʼyicha oʼrinbosari v.b., texnika fanlari doktori, dotsent; Rais oʼrinbosari: Kurbanbayev Shuhrat Ergashevich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Yongʼin xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti boshligʼining oʼrinbosari, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Ilmiy kotib: Dusmatov Xashim Mamatkarimovich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi kafedra professori, kimyo fanlari nomzodi; Komissiya aʼzolari: Musayev Marufdjon Nabievich – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor; Kuldashev Ikrom Xamiddullayevich - Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boʼlim boshligʼi, Texnika fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Yoʼldosheva Ozodaxon Muxammadsodiq qizi - Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent; Sobirov Erkaboy Erkinbayevich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kafedrasi boshligʼi; Аbsalamov Rashid Аmirovich - Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi Boshqaruvni tashkil etish, nazorat va huquqiy taʼminot kafedrasi katta oʼqituvchisi. 5. 2021 yilning 31 may kuni FVV Аkademiyasida soat 16:00 da Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Xabibullayev Аmet Jandullayevichdan koronavirus pandemiyasi boʼyicha joriy etilgan karantin sharoitini inobatga olgan holda onlayn (masofaviy) tarzda “Hayot faoliyati xavfsizligi” hamda “Texnologik jarayonlar yongʼin xavfsizligi“ fanlaridan malakaviy imtihonlar qabul qilinishi belgilangan.


Аkademiya Matbuot xizmati