AKADEMIYA JAMOASI QOL JANGI MUSOBAQASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

AKADEMIYA JAMOASI QOL JANGI MUSOBAQASIDA FAOL ISHTIROK ETDI

   Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, hozirda aholi va yoshlarimizni sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashga ularni ommaviy sport tadbirlariga keng jalb etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
  Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni barcha sport musobaqalarida faol qatnashishi hamda sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
 Jumladan, muhtaram Prezidentimizning 2020 yil 17 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligiga hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi F-5614-son Farmoyishiga asosan, joriy yilning 8-9 yanvar kunlari Toshkent shahridagi «O‘zbekiston» sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning harbiy xizmatchilari o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha «Qurolli Kuchlar birinchiligi» musobaqasi o‘tkazildi.
  Mazkur musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizligi xizmati, Milliy Gvardiya hamda Bojxona qo‘mitasi terma jamoalari ishtirok etishdi.
   Qizg‘in va murosasiz kechgan qo‘l jangi bahslari natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi, ikkinchi o‘rinni Davlat xavfsizligi xizmati hamda uchinchi o‘rinni Mudofaa vazirligi terma jamoalari egalladi.
   Favqulodda vaziyatlar vazirligi terma jamoasining 8 nafar ishtirokchisidan 3 nafari, ya'ni 65 kg vaznda Akademiyaning 5-bosqich kursanti oddiy askar Aslam Ibragimov, 70 kg vaznda 3-bosqich kursanti oddiy askar Begzod Ashiraliyev hamda 80 kg vaznda 3-bosqich kursanti oddiy askar Ilyos Tolipovlar sovrinli 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Musobaqa yakunida sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


Farhodjon XOJAYEV, 
Akademiya o’qituvchisi, kapitan.