QONUN VA ADOLAT – USTUVOR, JINOYATGA JAZO MUQARRAR!

QONUN VA ADOLAT – USTUVOR, JINOYATGA JAZO MUQARRAR!

      Joriy yilning 18 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
   Davra suhbatida Toshkent shahar, Sergeli tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Rustam Abulxayrov, Yangihayot tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Ikrom Rajabov hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etdi.
     Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan inson manfaatlarini ta’minlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish, bu boradagi muammolarning qonuniy yechimini topish bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi ekanligi, bugngi kunda yurtimizda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan hayotiy tamoyilni qaror toptirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar joriy etilayotgani alohida ta’kidladilar. Shuningdek, davra suhbati davomida har qanday qonun va qarorlarning mohiyati va kuchi uning ijrosida ekani, qonun adolat va haqiqatning qilichi va qalqoni ekani, Sohibqiron Amir Temurning Shahrisabzdagi Oqsaroy peshtoqiga "Adolat - davlatning asosi va hukmdor shioridir yozdirgan bitiklarda juda katta ma’no borligini, nemis faylasufi Imanuel Kantning "Adolat yo‘qolgan paytda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi" deb bejizga aytmaganligini, har bir qonunning ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘zi, oyog‘i ijrosi bo‘lishi lozim, qonun qabul qilindimi albatta hayotda o‘zgarish bo‘lishi lozimligi xususidagi keng fikr-mulohazalar bildirildi.
    Tadbir so‘ngida ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Akademiya Matbuot xizmati