АKАDEMIYADА «COVID-19» KАSАLLIGINING SАLBIY OQIBАTLАRI MАVZUSIDА SEMINАR OʼTKАZILDI

АKАDEMIYADА «COVID-19» KАSАLLIGINING SАLBIY OQIBАTLАRI MАVZUSIDА SEMINАR OʼTKАZILDI


        Maʼlumki, butun sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan, hozirda dunyo aholisi oʼrtasida ushbu kasallikni oldini olish borasidagi targʼibot –tashviqotlar ishlari keng amalga oshirilmoqda.
    Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkdemiyasida joriy yilning 30 oktabr kuni «COVID-19 kasalligini salbiy oqibatlari» mavzusidagi seminar oʼtkazildi. Seminarda Sergeli tumani bosh infektsionesti Zagniborodov Sergey Viktirovich, Аkademiyaning professor-oʼqituvchilari va harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.
     Maʼruzachi oʼz nutqida ushbu kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi, muhitga bogʼliqligi, statistikasi, hamda asoratlari haqida seminar ishtirokchilariga batafsil maʼlumotlar berib oʼtdi.
     Keng va mulohazali boʼlib oʼtgan seminarda, ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachi tomonidan atroflicha javoblar berildi.


 Akademiya Matbuot xizmati