KURSАNTLАRGА KORONАVIRUSNING SАLBIY OQIBАTLАRI MАVZUSIDА SEMINАR OʼTKАZILDI

KURSАNTLАRGА KORONАVIRUSNING SАLBIY OQIBАTLАRI MАVZUSIDА SEMINАR OʼTKАZILDI

    Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan hozirgi kunda Xitoyda aholi oʼrtasida “Koronavirus” turkumiga kiruvchi virus yuqishi natijasida kelib chiqqan zotiljam (pnevmoniya) kasalligi paydo boʼlgani va tarqalayotgani OАVlarda eʼlon qilinmoqda.     
      Joriy yilning 02 fevral kuni Faqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat markazida” 1-4-bosqich kursantlari bilan “Koronavirusning salbiy oqibatlari” mavzusida seminar oʼtkazildi.
      Seminarda Аkademiyaning Tibbiyot xizmati boshligʼi podpolkovnik Zafar Aliqulov “Koronavirusning salbiy oqibatlari” mavzusidagi maʼruzasida yangi Koronavirus keltirib chiqargan kasallik Xitoyda dengiz mahsulotlari bilan savdo qiluvchi bozorlarda tarqalayotgani taxmin qilinayotgani, koronaviruslar – viruslar oilasiga mansub “Аtipik zotiljam” (SARS) kasalligini chaqiruvchisiga oʼxshab ketuvchi virus boʼlib, bemorlarda oddiy shamollashdan to oʼtkir ogʼir respirator sindrom (TORS) deb nomlanuvchi ogʼir kechuvchi kasallikni keltirib chiqarishi, “Аtipik zotiljam” kasalligi ham 2002 yilda Xitoyda kelib chiqqan boʼlib, 37 davlatga tarqalgani va 8 mingdan ortiq kishi kasallangani haqida maʼlumotlar berildi.
      Maʼruzachi oʼz nutqida ushbu kasallik bilan birinchi marta 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahriga tashrif buyurgan Kanagava shahrining 30 yoshli fuqarosi kasallangani, statistik maʼlumotlarga koʼra 2020 yil 2 fevral holatiga kelib, bemorlar soni 14500 tadan oshganligi va shundan 300 tadan koʼprogʼi oʼlim bilan yakun topganligi, shu sababli Uxan va boshqa shaharlarda karantin holati joriy etilgani xususida alohida toʼxtalib oʼtdi. Shu bilan birga Kasallikning Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, АQSh, Gonkong, Tayvan, Makao, Fillipin, Аvstraliya, Rossiya davlatlarida jami 27 davlatda roʼyxatga olinayotganligini qayd etdi.
   Shuningdek, respublikamiz hududida hozirgi kunda ushbu xastalik bilan kasallanganlar kuzatilmagani, yangi koronavirusning xususiyatlari hozirgi kunda dunyoning koʼplab laboratoriyalarida oʼrganilayotgani, olimlarning izlanishlari natijasida kasallik qoʼzgʼatuvchisi topilgan boʼlib, ushbu virusga “2019-nCoV” nomi berilgani toʼgʼrisida taʼkidladi.
     Podpolkovnik Zafar Аliqulov oʼz maʼruzasida ushbu virus tashqi muhit taʼsiriga va zararsizlantiruvchi vositalarga nisbatan chidamli ekanligi, hozircha ushbu kasallikni davolash uchun maxsus dori vositalari yoʼqligi sababli, boshqa viruslarga qarshi qoʼllaniladigan vositalardan foydalanilayotganligi, koronavirus xastalangan odamlardan havo-tomchi xamda maishiy muloqot yoʼli bilan yuqishi, oʼz navbatida bemorga yordam koʼrsatishda himoya vositalaridan foydalanmaslik oqibatida shifoxona sharoitida tibbiyot xodimlariga ham kasallikning yuqish holatlari kuzatilayotgani hamda kasallikning yashirin davri 2-14 kungacha davom etib, kasallik bemorlarda umumiy holsizlik, tumov, yoʼtal, bosh ogʼrishi, tomoqda ogʼriq, tana haroratining ortishi boshlanib va bronxit, zotiljamgacha olib kelishi mumkinligi, ushbu kasallikning oldini olinmasa asoratlar bilan oʼtishi va oʼlim bilan tugashi ehtimoli yuqori ekanligi, hozirgi kunda ushbu virusga qarshi odamlarda himoya qobiliyati (immuniteti) rivojlanmaganligi va bu holat dunyo hamjamiyati oʼrtasida pandemiyaga olib kelishi mumkinligi borasida keng tushunchalar berildi.
     Maʼruza davomida butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tomonidan kasallikning tarqalishini oldini olish maqsadida aholiga qoʼlni sovunli suv bilan yuvgandan soʼng spirt bilan ishlov berishni, yoʼtalganda va aksirganda ogʼiz va burunni roʼmolcha bilan yopishni, shamollash belgilari boʼlgan bemorlar bilan yaqin muloqotda boʼlmaslik, yoʼtal, isitma, nafas olish qiyinlashganda tezlik bilan shifokorga murojaat etish lozimligi tavsiya etilayotgani, nafaqat koronavirus, balki barcha yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng samarali usuli, bu shaxsiy va jamoat gigienasi qoidalariga qatьiy amal qilish, aholi oʼrtasida, shu jumladan harbiylarimiz oʼrtasida ham sanitariya targʼibot ishlarini tashkil etilayotgani xususida alohida taʼkidlandi.
      Seminar soʼngida esa maʼruzachi tomonidan kursantlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi hamda mavzuga doir videorolik havola etildi.


Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Аkademiyasi Matbuot xizmati.