“ISTIQLOL ME'MORI”NING PORLOQ XOTIRАSI YOD ETILDI

“ISTIQLOL ME'MORI”NING PORLOQ XOTIRАSI YOD ETILDI

    Oʼzbek davlatchiligi tarixida oʼzining munosib oʼrniga ega, buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz asoschisi, Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Аbdugʼanievich Karimovning porloq xotirasini yod etish maqsadida, joriy yilning 28 yanvarь kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov tavallud kuniga bagʼishlangan “Istiqlol meʼmori” nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
    Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy memorial majmua bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi, dotsent Raxmatullaev Shavkat Muhammadalievich, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professori, siyosatshunoslik fanlari doktori Jumaev Rustam Ziyadovich hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi professor-oʼqituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.
       Tadbirda soʼzga chiqqan notiqlar tomonidan, mustaqil Oʼzbekistonning Birinchi Prezidenti, istiqlol meʼmori Islom Аbdugʼanievich Karimov zamonamizning ulugʼ siyosatchisi, Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligiga ulkan hissa qoʼshgan shaxs sifatida xalqimiz qalbida, yurtimiz tarixida mangu saqlanib qolishini, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼbiri bilan aytganda, “Vaqt va hayotning oʼzi Islom Karimovning uzoqni koʼradigan va strategik fikr yuritadigan shaxs, dunyoda va turli mintaqalarda yuz berayotgan oʼta murakkab voqea-hodisalarning mohiyatini davlatchilik nuqtai nazaridan koʼra bilish qobiliyatiga ega boʼlgan, oʼz yurti va xalqi uchun, har bir vatandoshimizning taqdiri uchun ulkan masʼuliyat tuygʼusini chuqur his qiladigan atoqli rahbar ekanini har tomonlama tasdiqlangani” borasidagi fikr-mulohazalar bildirildi.
     Shu bilan birga mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning serqirra faoliyati, Oʼzbekiston Respublikasini mustaqil va demokratik davlatga aylantirishdagi buyuk tarixiy xizmatlari, mamlakatimizda taʼlim, fan va madaniyatni rivojlantirishda amalga oshirgan beqiyos ishlari samaralariga bagʼishlangan maʼruzalar tinglandi. Ularda buyuk davlat arbobi rahnamoligida mamlakatimizda taʼlim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari boʼlgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilgani taʼkidlab oʼtildi.
     Shuningdek, tadbir davomida buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Аbdugʼanievich Karimovning hayot-ijodlari hamda bosib oʼtgan ilm-maʼrifat yoʼllari haqidagi videorolik tadbir qatnashchilariga namoyish etildi.
    Tadbir soʼngida taklif etilgan maʼruzachilarga buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqilligimiz asoschisi, Oʼzbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Аbdugʼanievich Karimovning hayoti va ijod yoʼllarini oʼzlarining sermazmun maʼruzalari bilan qatnashganliklari uchun Аkademiya rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi. Ushbu tadbir ishtirokchilarning qalbida yana bir bor iliq taassurotlar qoldirgani bilan ahamiyatlidir.


Oʼzbekiston Respublikasi
 Favqulodda vaziyatlar vazirligi
 Аkademiyasi Matbuot xizmati