"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

    Barchamizga ma’lumki, respublikamizda 2021-yil 15-noyabr kunidan - 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilindi. Mazkur oylik doirasida Soha mutaxassislari tomonidan ko‘p qavatli aholi turar joylarida, ijtimoiy soha obe’ektlarida, jamoatchilik muassasalarida va ishlab chiqarish sanoat va korxonalarida fuqarolar va keng jamoatchilik ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasidan yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan chaqnashlar, fuqarolarimizni is gazidan zaharlanishini va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va yong‘in-taktik o‘quv mashq va mashg‘ulotlari samarali o‘tkazilib kelinmoqda.
     Jumladan, joriy yilning 23-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchilari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan “AKFA ASSEMBLY” MCHJ hududida profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Yangihayot tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchilari, tez tibbiy yordam xodimlari, kommunal korxona-tashkilotlari vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
    Tadbir davomida ishtirokchilarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari xususida ham batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishni amaliy tarzda ko‘rsatildi.
   Profilaktik tadbir jarayonida “AKFA ASSEMBLY” MCHJ hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Yangihayot tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining kuch va vositalarini jalb qilgan holda, yong‘inni o‘chirish bo‘yicha amaliy o‘quv taktik mashqi o‘tkazildi.
    Tadbir so‘ngida mutaxassislar tomonidan yig‘ilganlarni texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish hamda maxsus yong‘in-qutqaruv texnika va asbob-anjomlari hamda vositalarining texnik-taktik xususiyatlari borasidagi qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.


Akademiya Matbuot xizmati