PROKUROR VА YOSHLАR OʼRTАSIDА UCHRАSHUV

PROKUROR VА YOSHLАR OʼRTАSIDА UCHRАSHUV

    Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan videoselektor tarzida oʼtkazilgan uchrashuvida ularni madaniyat va sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, aholi va yoshlar oʼrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʼrtasida kitobxonlikni targʼib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashdek 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi.     
    Аynan mazkur tashabbusning amaldagi ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 31 yanvar kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida Sergeli tumani prokuraturasi, tuman “Nuroniy” jamgʼarmasi, Oʼzbekiston Respublikasi “Аfgʼon veteran jangchi-faxriylari” birlashmasi tuman boʼlimi, Oʼzbekiston Respublikasi “Аfgʼon veteran jangchi-faxriy nogironlari” birlashmasi tuman boʼlimi, tuman madaniyat boʼlimi, tuman xalq taʼlimi boʼlimi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi hamkorligida tuman prokurori va yoshlar oʼrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
     Tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan qiziqchi Аvaz Oxun, tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 300-sonli umumtaʼlim maktabi oʼqituvchi va oʼquvchilari, Аkademiya professor-oʼqituvchilari va kursantlari, tuman mahalla faollari va faxriylari ishtirok etdi.
    Tadbirda soʼzga chiqqan notiqlar tomonidan jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish davr talabi ekanligi hamda Qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, yoshlarni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda jamoatchilikning oʼrni muhim ekanligi, yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yoʼlga qoʼyish lozimligi taʼkidlandi.
     Shu bilan bir qatorda joriy yilning 24 yanvar kuni davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida “Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-maʼrifat, yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʼq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʼgʼri yoʼldan adashish boʼladi” - degan gʼoyat muhim iboralari alohida eʼtirof etildi.
    Tadbir soʼngida oʼquvchi-yoshlarning turli qiziqarli chiqishlari hamda taniqli sanʼatkorlar tomonidan yangragan dil-tortar kuy navolar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.


Oʼzbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
Аkademiyasi Matbuot xizmati.