Mustaqil izlanuvchilarning malakaviy imtihonlari to'g'risida ma'lumot

Mustaqil izlanuvchilarning malakaviy imtihonlari to‘g‘risida

MA’LUMOT

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021 yil 30 yanvardagi 291/4-qarori bilan ma’qullangan, O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi huzurida tuzilgan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.40/30.12.2020.T.129.01 raqamli ilmiy kengash qoshida tashkil etilgan, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish komissiyasi tomonidan 2021 yilning 27 dekabr kuni onlayn (masofaviy) tarzda malakaviy imtihonlar qabul qilish rejalashtirilgan.

    FVV Akademiyasi boshlig‘ining 2021 yil 24 dekabrdagi “Malakaviy imtihon o‘tkazish to‘g‘risida”gi 328-sonli buyrug‘i quyidagi vazifalar belgilangan:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2021-yil 30-yanvardagi 291/4-son qarori bilan ma’qullangan 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha quyidagi komissiya tarkibida, koronavirus pandemiyasi bo‘yicha joriy etilgan karantin sharoitini inobatga olgan holda onlayn (masofaviy) tarzda malakaviy imtihonlarni qabul qilish tashkillashtirilsin:

    Komissiya raisi: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich – O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘ining o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, dotsent;

    Rais o‘rinbosari: Kurbanbayev Shuxrat Ergashevich – O‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar muammolari ilmiy-tadqiqot instituti boshlig‘ining o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;

    Ilmiy kotib: Dusmatov Xashim Mamatkarimovich – O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra professori, kimyo fanlari nomzodi;

    Komissiya a’zolari: Musayev Marufdjon Nabiyevich – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, professor;

    Qurbonov Xolmurod Abdusalomovich - O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra professori, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

    Yuldasheva Ozoda Muxammadsodiq qizi – Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, dotsent;

    2. 2021-yilning 27-dekabrida FVV Akademiyasi o‘quv binosining 106-xonasida soat 14.30.da mustaqil izlanuvchilar A.X.Kuldashev, U.B.Qodirov, A.A.Boboev va A.J.Xabibullaevlardan 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon qabul qilinsin.

    3. Malakaviy imtihon qabul qilish jarayonida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan joriy etilgan karantin talablariga qat’iy rioya qilinsin.