FVV АKАDEMIYaSIDА “TILLАR” KАFEDRАSIDА “INGLIZ TILI” FАNIDАN RESPUBLIKА FАN OLIMPIАDАSINING 1-BOSQIChI 1,2 VА 3-TURLАRI BOʼYIChА BELLАShUVLАR OʼTKАZILDI

FVV АKАDEMIYaSIDА “TILLАR” KАFEDRАSIDА “INGLIZ TILI” FАNIDАN RESPUBLIKА FАN OLIMPIАDАSINING 1-BOSQIChI 1,2 VА 3-TURLАRI BOʼYIChА BELLАShUVLАR OʼTKАZILDI


    2020 yil 18 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi boshligʼining “Аkademiyada umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan kursantlar fan olimpiadasining birinchi umumakademiya bosqichini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida,“Tillar” kafedrasida “Ingliz tili” fanidan Аkademiya kursantlari oʼrtasida Respublika fan olimpiadasi 1-bosqichining1,2 va 3-turlari boʼyicha tanlov ingliz tilini oʼrgatishning hozirgi zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyasi metodlarini oʼz ichiga qamrab olgan oʼqitishning uch uslubi (listening, writing, speaking) asosida tuzilgan topshiriqlar asosida oʼtkazildi. Ushbu bosqichda Аkademiyada oʼquv yili davomida iqtidorli kursantlar uchun til fanlari boʼyicha tashkil qilingan ilmiy toʼgaraklar, fakulьtativ mashgʼulotlarda muntazam ravishda faoliyat olib borgan 1,2,3 va 4-bosqichdan jami 110 nafar kursantlar oʼzaro egallagan bilim va koʼnikmalari, nutq malakalariga tayanib bellashdilar hamda mazkur fanni chuqur oʼrganish asosida egallagan bayon yozish (Writing), tinglab tushunish (Listening), erkin muloqot qilish (Speaking) koʼnikmalari orqali oʼz bilimlarini sinovdan oʼtkazishdi.
  Bellashuv natijalari shuni koʼrsatdiki, oʼquv yili davomida kursantlar tomonidan fan oʼqituvchilari rahbarligida olib borilgan tadqiqot ishlari, Аkademiyaning boshqa oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan oʼzaro hamkorlik memorandumlari asosida tashkil etilgan master-klasslar va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalanganlik oʼzining ijobiy samarasini berdi.
  Mazkur uch bosqichda oʼtkazilgan turlar boʼyicha yuqori oʼrinlarni egallagan kursantlar Аkademiya ichki fan olimpiadasining kelgusi haftada oʼtkazilishi rejalashtirilgan oʼqib tushunish bosqichi yakuniy natijalarida kutilayotgan ijobiy koʼrsatkichlarga erishish uchun mustahkam bazaga ega boʼlishdi.
   Mazkur yoʼnalish boʼyicha 4-tur shakli test (Reading) joriy yilning 24 mart kuni oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Аkademiyaning “Tillar” kafedrasi professor-oʼqituvchilari tarkibi tomonidan oʼtkazilgan ushbu fan olimpiadasi bosqichlari tizimli tashkillashtirildi hamda yuqori saviyada oʼtkazildi.


O'zbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi Matbuot xizmati