АKАDEMIYADА JISMONIY VА YURIDIK SHАXSLАRNING MUROJААTLАRI BILАN ISHLАSH KOMISSIYASI FАOLIYATI SАMАRАLI OLIB BORILMOQDА

АKАDEMIYADА JISMONIY VА YURIDIK SHАXSLАRNING MUROJААTLАRI BILАN ISHLАSH KOMISSIYASI FАOLIYATI SАMАRАLI OLIB BORILMOQDА

        Oʼzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonuni hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 12 maydagi “Favqulodda vaziyatlar vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish toʼgʼrisida”gi 280-sonli buyrugʼi ijrolarini taʼminlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʼz vaqtida qonunchilikda belgilangan tartibda koʼrib chiqish hamda qanoatlantirish ishlarini samarali tashkil etish boʼyicha “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash komissiyasi” faoliyati yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, uning vazifalari va chora-tadbirlarini aniq belgilash va belgilangan ishlarni yanada takomillashtirish boʼyicha komissiya Nizomi va 2020 yil uchun moʼljallangan ish rejasi tasdiqlangan. Аkademiyada fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar boʼyicha aniq bir mexanizm asosida faoliyat olib borish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan boʼlib, Аkademiyaning kirish binosi oldida fuqarolarni qabul qilish xonasi mavjud boʼlib, ushbu fuqarlolarni qabul qilish xonasida fuqarolarni mutoalaa qilishlari uchun alohida kitob javonida turli badiiy kitoblar va gazeta-jurnallar hamda qonunchilikdagi yangiliklar mujassamlashtirilgan banerlar bilan jihozlangan. Ushbu tashkil etilgan komissiya fuqarolarni murojaatlari boʼyicha tahliliy maʼlumotlar, belgilangan aniq muddati, murojaatlarga aniq va toʼliq javob berilishi yuzasidan tizimli va samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning choragida jami 8 nafar fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgan boʼlib, ularning barchasiga qonunchilikda oʼrnatilgan tartibda va muddatlarda javob berildi hamda qanoatlantirildi.


 Oʼzbekiston Respublikasi 
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
Аkademiyasi Matbuot xizmati