Keksa avlod vakillari doimo e’tiborda

Respublikamizda keska avlod vakillari ayniqsa vatan ravnaqi uchun o‘z mehnatlarini ayamay xizmat qilgan qariyalarni qadrlash millatimizning o‘chmas qadriyatlaridan hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda Yong‘in xavfsizligi Institutda “usto-shogird” an’anasiga rioya qilgan holda Institutning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojllantirish va ichki ishlar tizimining turli sohalariga xususan yong‘in xavfsizligi sohasiga malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shgan iste’fodagi faxriylarga alohida hurmat ko‘rsatib kelinmoqda. Institut rahbariyati tashabbusi bilan institutda uzoq yillar xizmat qilgan oddiy o‘qituvchi lavozimidan kafedra boshlig‘i, o‘quv bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida 32 yil davomida xizmat qilib, 71 yoshiga qadar o‘zining kuch-g‘ayrati va bilim-tajribalarini Vatanimizda huquq-tartibotni mustahkamlash, ichki ishlar organlari safini yuksak ma’naviyatli mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashga safarbar etib kelgan qat’iyatli, tashabbuskor, oliyjanob va bag‘rikeng inson iste’fodagi polkovnik Maxmudov Mirasqar Haydarovichning 80 yoshlik tavallud kuni nishonlandi. Tadbirda institut rahbariyati, uzoq yillar davomida Mahmudov Mirasqar Haydarovich bilan birga xizmat qilgan institut xodimlari va institut faxriylar kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Mirzohid Mirzoitovlar so‘zga chiqib, uning bosib o‘tgan yo‘li institut xodimlari uchun o‘rnak va namuna bo‘lishi, amalga oshirgan ishlari bilan faxrlanishlari bo‘yicha fikr bildirib, u kishiga sog‘liq-salomatlik, do‘stu birodarlaringiz va farzandu nabiralari baxtiga hamisha sog‘u-salomat bo‘lishlik bo‘yicha tilaklar bildirildi. Iste’fodagi polkovnik Mahmudov Mirasqar Haydarovich ushbu tashrif uchun istitut rahbariyati va xodimlariga tashakkur bildirib, o‘zining institutdagi uzoq yillik mehnati davomida amalga oshirgan ishlari, tajribasi bilan o‘rtoqlashdi va Institutda oxirgi yillarda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, institut porloq kelajagi uchun amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali va sifatli amalga oshirishda o‘zining qimmatli maslahatlarini berdi. Institut xodimlari tomonidan yosh avlodni tarbiyalashda o‘rnak bo‘ladigan, keksa avlod vakillari hurmat izzatini qadrlaydigan bunday ezgu tadbirlar yana keng davom etishiga tilaklar bildirdi. Ustozning yosh o‘qituvchi-murabbiylarga, ilmiy-pedogogik faoliyat bilan shug‘ullanish, o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishlari uchun tinmay izlanishda bo‘lishlari, shuningdek hozirgi kunda ham ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirayotganligi to‘g‘risida bergan tavsiyalari ustozga bo‘lgan mehr tuyg‘ularini yanada oshirib, havas qilishga arziydigan ishlardan faxrlanishdi.