HAMKORLIK MEMORANDUMI ASOSIDA DAVRA SUHBATI О‘TKAZILDI

HAMKORLIK MEMORANDUMI ASOSIDA DAVRA SUHBATI О‘TKAZILDI

    Bugungi kunda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining

    Yong‘in xavfsizligi xizmati sohasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Yong‘in xavfsizligi institutining turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari asosida joriy yilning 24 sentabr kuni Yong‘in xavfsizligi instituti «Qurilishda yong‘in xavfsizligi» kafedrasi о‘qituvchilari Toshkent Arxitektura qurilish institutining Qurilishni boshqarish fakulteti professor-о‘qituvchilari va talabalari bilan «Respublikamizda sodir bо‘layotgan yong‘inlar, ularning sabablari va oqibatlari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar hamda ularning profilaktikasi» mavzusida о‘tkazilgan davra suhbatida о‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

    Davra suhbatida notiqlar tomonidan respublikamizda sodir bо‘layotgan yong‘inlarning tahlili, kuz-qish mavsumlarida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan yong‘inlar, ularni oldini olish borasida ogohlikka chorlash, yong‘in xavfsizligi qoidalari talablari va yong‘in paytidagi fuqarolarning harakatlari xususida tushuntirish ishlari olib borishdi.

    Shuningdek, bino va inshootlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, loyihalash va qurilish ishlari mobaynida amalga oshirilib borilishini, har bir qurilayotgan bino va inshootlarga qо‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari SHNQ 2.01.02-04 «Binolar va inshootlarning yong‘in xavfsizligi» meyoriy hujjat talablari asosida loyihalash va qurilish ishlarini olib borilishi lozimligi xususida tushunchalar berib о‘tishdi.

     Tadbir sо‘ngida soha mutaxassislari tomonidan yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Qurilishda yong‘in xavfsizligi kafedrasi 
о‘qituvchilari kapitan Q.X.Yakubov, 
katta leytenant Z.R.Ilashov