Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi Oliy matematika va informatika kafedrasida tashkil etilgan “Dasturlash” toʼgaragining faoliyati haqida

Oʼzbekiston Respublikasi FVV Аkademiyasi Oliy matematika va informatika kafedrasida tashkil etilgan “Dasturlash” toʼgaragining faoliyati haqida


     Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida Oliy matematika va informatika kafedrasida “Dasturlash” toʼgaragi tashkil etildi.

    “Dasturlash” toʼgaragini tashkil etishning asosiy maqsadi kursantlarni zamonaviy dasturlash tillarini oʼrganish va dasturlash asosida sohaga oid yangi dasturiy taʼminotlar yaratish boʼyicha bilimlarni roʼyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishdir.           
  “Dasturlash” toʼgaragi iqtidorli kursantlar bilan jamlandi va Oliy matematika va informatika kafedrasi professor – oʼqituvchilari B.Vaxobov, D.R.Raupov va B.B.Choriyevlar tomonidan mavzular shakllantirilib, mashgʼulotlar olib borilmoqda.           
   Bunda iqtidorli kursantlar sohada dasturlash asoslari elementlaridan samarali foydalanish koʼnikmalarini hosil qiladi.


O'zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi Matbuot xizmati