YANGI IXTIROGА PАTENT OLINDI

YANGI IXTIROGА PАTENT OLINDI

        Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mahalliylashtirish va import oʼrnini bosadiga mahsulotlar ishlab chiqarish”ga alohida eʼtibor berilayotgani bejiz emas, albatta.
        Maʼlumki, yogʼoch qurilishda keng koʼlamda qoʼllaniladigan material hisoblanib, respublikamiz aholisining 60% dan koʼpi qishloqlarda kam qavatli turar-joy uylari, individual uylarda yashashi va asosiy yongʼinlarni aholi yashash joylarida sodir boʼlishini eʼtiborga olgan holda (76,1%) yogʼochni yongʼindan himoyalashning dolzarbligi hanuzgacha mutaxasislar qiziqishini uygʼotib kelmoqda. Hozigi vaqtda mahalliylashtirilgan korxonalar nafaqat ichki bozorni toʼldirib bormoqda, balki ular eksport bozoriga ham chiqmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishi bilan bir qatorda zamonaviy qurilishlar ham oʼziga xos rivojlanib, ularda yogʼoch materialari keng qoʼllanilib kelmoqda. Hozirda qurilayotgan binolarning hech biri yoʼqki, yogʼoch konstruktsiyalarisiz qurilgan yoki yogʼoch materiallarisiz bezatilgan boʼlsa.
    
          Shu nuqtai nazardan, birgina yogʼoch materiallari nafaqat respublikamizning balki jahon mamlakatlarida qurilayotgan bino - inshootlarning asosiy boʼgʼini va ularning har bir jabhasida qoʼllanilayotganligini inobatga olib, sanoat chiqindilari asosida olingan resurstejamkor antipirenlar bilan yogʼoch materiallarining yongʼinbardoshlik darajasini oshirish soha xodimlariga dolzarb vazifalar yuklaydi. Ushbu masalalarni samarali yechish maqsadida, “Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi”, “Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tekshirish instituti” hamda “Toshkent arxitektura qurilish instituti” olimlari bilan hamkorlikda, yogʼoch materiallarining yongʼinbardoshliligini oshiruvchi yangi tarkib ixtiro qildi va unga Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi intelektual mulk agentligining IAP 06100 raqamli PАTENti olindi.
      Yangi sintez qilingan mahalliy xom ashyo asosida tayyorlangan oligomer antipirenning ajoyib xususiyatlaridan shuni aytish mumkinki – bu prisatkalar (oligomer antipirenlar) yuqori haroratga chidamli, bugʼlanib uchib ketmaydi, ekologiya va insonlar salomatligiga taʼsir qilmaydi hamda ular qattiq kukun holdagi modda boʼlib, ularni bir joydan ikkinchi joyga koʼchirishda hech qanday muammo tugʼdirmasligi bilan ajralib turadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi
 Akademiyasi Matbuot xizmati