“YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

“YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH” MAVZUSIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

    Joriy yilning 24-sentyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlang‘ich tashkiloti, O‘quv kurslari kursantlari Toshkent shahar, Yangihayot tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda hamda Maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
  Tadbirda Yangihayot tumani 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining qiziqarli sahna ko‘rinishlari hamda qo‘shiqlari bilan ishtrok etishdi. Shuningdek, Akademiya kursntalri ishtirokchilarga harbiy kiyim boshlar jangovra asbob uskunalar hamda o‘quv AK-74 Kalashnikov avtomatining texnik-taktik xususiyatlari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar berib o‘tishdi. Tadbir davomida kursantlar mohirlik va chaqqonlik bilan AK-74 Kalashnikov avtomatining jangovar yoyish va yig‘ish amallarini chapdastlik bilan bajarib o‘z mahoratlarini ko‘rsatdilar hamda ishtirokchilarning olqishiga sazovor bo‘ldilar.


Akademiya Matbuot xizmati