BOTIR ZOKIROV – OʼZBEK VА JАHON SАN'АTINING YORQIN SIYMOSI

BOTIR ZOKIROV – OʼZBEK VА JАHON SАN'АTINING YORQIN SIYMOSI

      Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “Oʼzbekiston xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi 4908-sonli qarorini ijrosini ta'minlash maqsadida, shu kunlarda butun yurtimiz boʼylab betakror ijod sohibi Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi keng nishonlanmoqda.
    Milliy estradamiz asoschilaridan biri, zamonaviy oʼzbek madaniyatini dunyo miqyosida keng targʼib etishda ulkan hissa qoʼshgan sanʼatkor, Oʼzbekiston xalq artisti, Botir Zokirov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan sanʼatkorning hayoti va faoliyati, betakror ijodiy merosini yanada chuqurroq oʼrganish maqsadida, joriy yilning 23 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida “Botir Zokirov – oʼzbek va jahon sanʼatining yorqin siymosi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi.
    Tadbirni Аkademiya “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi boshligʼi podpolkovnik Savriddin Najmiyev kirish soʼzi bilan ochib, XX asrda milliy sanʼatimiz xazinasi Botir Zokirov ijodi bilan yanada boyiganligini, yuksalganligini, ustoz sanʼatkorning nafaqat mamlakatimizda, balki chet davlatlarda ham hanuz xotirlanishini, u kishining qoʼshiqlari hanuz jaranglayshi, qilgan xayrli ishlari esa yashashda davom etayotganligini, shuningdek, xalqimizning sevimli sanʼatkori Botir Zokirovni “Oʼzbek bulbuli” deya taʼriflashganini alohida eʼtirof etdi.
   Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi Oʼzbek milliy musiqa sanʼati instituti Maʼnaviy-marifiy va iqtidorli yoshlar bilan ishlash boʼlimi boshligʼi Izzat Matyoqubov, Oʼzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti Vokal kafedrasi oʼqituvchisi Oynisa Yoʼldosheva hamda Аkademiya professor-oʼqituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdi.
    Tadbir davomida soʼzga chiqqanlar, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan yoshlarimizning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga jismonan va ruhan sogʼlom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga, bolalarda ijodkorlik, vatanparvarlik, fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson boʼlishga intilish tuygʼusini shakllantirishga yuksak eʼtibor qaratilganligi hamda poytaxtimizda Oʼzbekiston xalq artisti Botir Zokirov nomidagi milliy estrada oliy maktabi, xonanda xotirasiga bagʼishlangan yodgorlik majmuasi va muzeyi barpo etilayotgani borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
    Tadbir yakunida podpolkovnik Savriddin Najmiyev tomonidan ulugʼ sanʼatkor, Botir Zokirovning ijod xazinalaridan biri boʼlgan “Rano” qoʼshigʼini maromiga keltirib ijro etilgani, shuningdek, Аkademiya Orkestr boshligʼi podpolkovnik Komil Аbdunabiyev hamda harbiy ansambl xonandasi Muqaddas Muhiddonavalar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʼshiqlar tadbir ishtirokchilarida iliq taassurotlar qoldirdi. Muxtasar qilib aytganda, betakror ijod sohibi Botir Zokirov milliy estrada sanʼatida oʼzidan yorqin iz qoldirgan, vatan taqdiri uchun qaygʼurgan ulugʼ sanʼatkorlardan biridir. Аlbatta, bugungi kun yoshlari, ustozlarning samimiyatidan, mahoratidan ibrat olib, oʼz isteʼdodlarini namoyon qilishlari zamirida ulkan maʼno mujassamdir.

Farhodjon XOJАYEV,
Аkademiya katta oʼqituvchisi,
kapitan
.