HARBIY XIZMATCHILARNI HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRILMOQDA

HARBIY XIZMATCHILARNI HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRILMOQDA

    O‘zbekiston Respublikasining “Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2021 yil 16 sentyabrdagi O‘RQ-716-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son Farmoni, 2021 yil 14 sentabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-son Farmonini ijrolarini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 8-oktabr kuni Akademiyaning “Ma’naviyat va ma’rifat markazi”da davra suhbati o‘tkazildi.
      Tadbirda Akademiyaning professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va xizmatchilari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan, Akademiyaning Bosh yurist-konsulti adliya katta leytenanti Oybek Parpiyev o‘z nutqida, O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 16 sentabrdagi “Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini tushinib, yaqindan amal qilish lozimligini ta’kidladi.
    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 23 martdagi PF-6191-son Farmoni ijrosi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonun hujjatlarida belgilangan tartib-tamoyillarga rioya qilinishi ahvoli yuzasidan Adliya vazirligining o‘rganishlari xat va tahliliy ma’lumotnomasi taqdim etilganligi va uning asosida shaxsiy tarkib o‘rtasida muhokama qilib, mavjud kamchiliklarni to‘g‘rilash, to‘g‘ri xulosa chiqarish, farmon ijrosini sifatli ta’minlash lozimligi aytib o‘tdi. Muhokama etish chog‘ida qayd etib o‘tilgan kamchiliklar o‘qib eshittirildi. Ular: farmon tegishli tartibda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligiga yuborilgan bo‘lsada, u agentlikda ro‘yxatga olinmagan va ijroga qaratilmaganligi, farmon mohiyati xodimlarga yetkazilmaganligi, vazifalar ijrosi tashkil etilmaganligi, agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasiga ulanmagan hamda tegishli hujjatlarni elektron shaklda so‘rab olish imkoniyati yaratilmaganligi, uning natijasida aholidan aslida talab qilinishi bekor qilingan hujjatlar talab qilinganligi ma’lum qilindi.
     Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentabrdagi “Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6313-son Farmoni mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazib o‘tdi. Xususan, Farmonga binoan Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 1 dekabrdan tijorat banklariga yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni belgilashga doir talab, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talablarni bekor qilish haqidagi taklifiga rozilik berilganligi, endilikda ushbu ko‘rsatib o‘tilgan oldindan to‘lov va avans shartnoma taraflarining kelishuviga muvofiq belgilanishi, jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berilganligi, endilikda notarial qarz shartnomasi tuzilganida nafaqat milliy valyuta so‘mda balki chet-el valyutasida ham tuzish mumkinligi bayon etildi.
    Tadbir davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish bo‘yicha shartnomalarning axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda tuzilishi amaliyotini yo‘lga qo‘yilishini ham alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni savollariga ma’ruzachi tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.


Akademiya Matbuot xizmati