E'LON!

    1. Ilmiy kengashning 2022 yil 19 sentabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladigan yig‘ilishida talabgor Kamolov Lazizjon Aminovichning 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Davlat yong‘in nazorati organlari faoliyati va axolini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi;

    2. Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 2022 yil 19 sentabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladigan yig‘ilishida talabgor Murtazayev Quvondiq Mustafayevichning 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.05.05 – “Issiqlik texnikasining nazariy asoslari” ixtisosliklari tutashligida texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Bino va inshootlar konstruksiyalarini olov va issiqlik ta’siridan himoyalash usullarining nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi;

     3. Ilmiy kengashning 2022 yil 20 sentabr kuni soat 10:00 da o‘tkaziladigan yig‘ilishida talabgor Doschanov Movlonbek Rajabbayevichning 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Yangi kompozitsiya bilan ishlov berilgan olovbardosh to‘qimachilik materiallarining qo‘llanilish usullarini ishlab chiqishni takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi;

     4. Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning 2022 yil 20 sentabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladigan yig‘ilishida talabgor Boboyev Azizjon Azimjonovichning 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 11.00.05 – “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” ixtisosliklari tutashligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Tog‘-kon sanoati sohasida professional xavflarni monitoring va baholash metodologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi;