TАBIIY VА TEXNOGEN XUSUSIYATLI FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI YORDАM KOʼRSАTISH

TАBIIY VА TEXNOGEN XUSUSIYATLI FАVQULODDА VАZIYATLАRDА BIRINCHI YORDАM KOʼRSАTISH

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida hozirgi kunda oʼquv jarayoni sifatini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
   Jumladan, joriy yilning 30 yanvar kuni «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» kafedrasi katta oʼqituvchisi podpolkovnik Barno Xadjieva tomonidan 1-bosqich kursantlari bilan «Birinchi tibbiy yordam» fanidan «Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda shifokorgacha boʼlgan birinchi yordam koʼrsatish printsiplari» mavzusida mashgʼulot oʼtkazildi.
  Mashgʼulotni oʼtkazishdan maqsad kursantlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatishning ahamiyati va imkoniyatlari haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni singdirishdan iboratdir. Shuningdek kursantlarga yongʼinlarni oʼchirish, avariya-qutqaruv va kechiktirib boʼlmaydigan qutqaruv ishlari hamda favqulodda vaziyatlarda insonlarga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun lozim boʼlgan nazariy bilim, koʼnikma va malaka hosil qilishdan iborat.
  Mashgʼulot davomida kursantlarga tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyalarda, jumladan zilzila sodir boʼlganda, suv toshqinlarda, sellarda, qor koʼchkilarida, avariya, katastrofalarda, yongʼinlar va portlashlar sodir boʼlganda oʼzini tutishi, birinchi tibbiy yordam koʼrsatishda qoʼyiladigan talablar, shifokorgacha boʼlgan birinchi yordam koʼratuvchi shaxsning vazifalari, qoidalari va shu kabi vaziyatlarda qanday ishlarni amalga oshirishi lozimligi xususida keng tushunchalar berildi.
  Mana shunday mashgʼulotlarda kursantlarning fan boʼyicha egallayotgan bilimlari quyidagi imkoniyatlarni beradi: jarohatlangan shaxsning ahvolini obʼektiv baholash hamda uning hayoti va salomatligiga nisbatan xavf darajasini aniqlash; yetkazilgan jarohat darajasini belgilab, koʼrsatiladigan birinchi tibbiy yordam boʼyicha asosiy va ikkilamchi chora-tad¬birlarni toʼgʼri aniqlash, terminal holatdagi jarohatlangan¬larga zarur boʼlganda qoʼldan keladigan birinchi reanimatsion usullarni qoʼllash, jarohatlanganlarni imkoni boʼlgan qoʼl osti vositalar bilan immobilizatsiya qilish va voqea sodir boʼlgan joydan kasalxonaga transportirovka qilish, sinishlarda shinalar qoʼyish, qon ketishini toʼxtatish, oʼpka-yurak reanimatsiyasini oʼtkazish va sunʼiy nafas berish, choʼkayotgan insonga birinchi yordam koʼrsatish kabi amaliy jarayonlar qoʼllanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mashgʼulot davomida yuqorida kursantlar faol qatnashgan holda keltirilgan vazifalarning barchasini amalda koʼrsatib berishdi.


BАRNO XАDJIEVА,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi 
Аkademiyasi katta oʼqituvchisi, 
podpolkovnik.