"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

"YONG‘IN XAVFSIZLIGI OYLIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

     Kuz – qish mavsumi eshik qoqib kirib kelishi bilan tabiiy va texnogen tusdagi ofatlarni xavsizligini ta’minlash yanada dolzarb masalaga aylanadi. Ayni ushbu masalalarga keng jamoatchilikni e’tiborini qaratish va favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” uyushqoqlik bilan o‘tkazilishi e’lon qilindi.
   Shu munosabati bilan joylarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar tomonidan ijtimoiy soha obeyektlarida, ta’lim muassasalarida va ishlab chiqarish sanoat va korxonalarida aholi va keng jamoatchilik ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi keng qamrovli profilaktik tadbir o‘tkazildi.
     Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar Institut professor-o‘qituvchilari, mahalla faollari, ishlab chiqarish obyektlari mas’ullari hamda keng jamoatchilik ishitirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga jiddiy xavf solib kelayotgan iz gazidan zaharlanish va uning salbiy oqibatlari, shuningdek, kattalarning e’tiborsizligi natijasida yosh bolalarni uyda nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
   Shuningdek, tadbir qatnashchilariga maxsus yong'in-qutqaruv texnikalari namoyishini havola etish bilan birga, Akademiyaning Ilmiy-tadqiqot ishlarini va innovatsiyalarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i mayor Mavlonbek Doschanov tomonidan bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, faoliyati va favqulodda vaziyatlar sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
    Tadbir so‘ngida ma’ruzachilar tomonidan ishitrokchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida soha xodimlari tomonidan keng jamoatchilikka o‘tkazilayotgan samarali targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali fuqarolarimizni hayoti, sog‘ligi va moddiy boyliklarini asrab qolgan bo‘lamiz.


Akademiya Matbuot xizmati