TOHIR MALIK ASARLARINING JAMOAT XAVFSIZLIGIDAGI O‘RNI

TOHIR MALIK ASARLARINING JAMOAT XAVFSIZLIGIDAGI O‘RNI

    Tohir Malik o‘zbek adabiyotida badiiy fantastika, sarguzasht janrlarining rivojiga katta hissa qo‘shdi. “Ozod inson haqida qo‘shiq”, “So‘nggi o‘q”, “Shaytanat”, “Mehmon tuyg‘ular”, “Odamiylik mulki” kabi ko‘plab asarlari milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Yorqin iste’dod egasi o‘zidan boy va betakror ijodiy meros qoldirdi. Uning Vatanimiz va xalqimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyg‘ulari mahorat bilan tarannum etilgan badiiy asarlari, kinossenariylari, dolzarb mavzulardagi publitsistik maqolalari el-yurtimiz qalbidan chuqur joy oldi.
   Xalqimiz tarixining eng og‘ir davrlarini badiiy yo‘l bilan tasvirlash va jamoatchilikka yetkazishda ham adib ibrat ko‘rsatdi. Ayniqsa, uning o‘zbek ma’rifatparvar ziyolilarining murakkab hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan tarixiy asarlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
  O‘zbekiston xalq yozuvchisi, taniqli publitsist va tarjimon Tohir Malik – Tohir Abdumalikovich Hobilovni xotirlash maqsadida, joriy yilning 11 may kuni Adiblar xiyobonida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti bilan xamkorlikda O‘zbek halq yozuvchisi Tohir Malik xotirasiga bag‘ishlangan “Tohir Malik asarlarining jamoat xavfsizligidagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
    Tadbirda FVV Akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari, Tohir Malikning shogirtlari, farzandlari va yaqinlari qatnashdi. Mazkur tadbirda ishtirok etishgan prfessor-o‘qituvchi va yozuvchilar tomonidan haqiqatdan ham Tohir Malikning yozgan asarlarining barchasida havfsizlik o‘z aksini namayon etilganligi taxsinga sazavor ekanligini aytib o‘tishdi.
   O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi va Milliy Gvardiya jamoat xavfsizligi universitetining kursantlari tomonidan Tohir Malik ijodining yorqin namunasi bo‘lgan “Shaytanat” romanidan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
  Tadbirda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchi va kursantlarga Tohir Malik qalamiga mansub 2021 yil nashr etilgan “Jinoyatning uzun yo‘li” nomli asarlari sovg‘a tariqasida topshirildi.


Farhodjon XOJAYEV,
Akademiya katta o‘qituvchisi,
kapitan.