POSBONIMАN MUQАDDАS YURTNING

POSBONIMАN MUQАDDАS YURTNING

    Kitob insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi, aql qayrogʼi hamda bilim manbaidir. Kitob - fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur chirogʼi hisoblanadi. Kitobni inson tafakkurining qanotiga qiyoslashadi. Zero, tafakkuri, dunyoqarashi keng, maʼrifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir.
   Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida, oʼtgan 2020 yil davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirildi.
   Jumladan, muhtaram Prezidentimizning 2019 yil 13 dekabrdagi Farmoyishi ijrosi doirasida Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan 2020 yil 23 dekabr kuni eng yaxshi harbiy-vatanparvarlik qoʼshiqlavrini yaratish maqsadida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, yoshlar, shuningdek, professional shoir va ijodkorlar oʼrtasida Vatan himoyachilariga bagʼishlangan «Posboniman muqaddas yurtning» mavzusidagi insho va sheʼrlar tanlovi oʼtkazildi.
  Ushbu tanlovning respublika bosqichida Аkademiyaning 3-bosqich kursanti Shahriddin Faxriddinov insho yoʼnalishi boʼyicha uchinchi oʼrinni qoʼlga kiritdi. Mazkur tanlov natijalariga koʼra, Yozuvchilar uyushmasida tashkil etilgan taqdirlash marosimida tanlovning barcha turdagi gʼoliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik va qimmatbaho sovgʼalar tantanali topshirildi.


 Farhodjon XOJАYEV,
Аkademiya oʼqituvchisi, kapitan