KURSANTLARGA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKISHNING SALBIY OQIBATLARI MAVZUSIDA SEMINAR О‘TKAZILDI

KURSANTLARGA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHEKISHNING SALBIY OQIBATLARI MAVZUSIDA SEMINAR О‘TKAZILDI

«Chekish - aqlni zaiflashtiradi, 
u ijodiy ish bilan chiqisha olmaydi» 
Gyote

    Joriy yilning 20 sentabr kuni «Ma’naviyat va ma’rifat markazida» 1-2-bosqich kursantlari bilan «Tamaki mahsulotlarini chekishning salbiy oqibatlari» mavzusida seminar о‘tkazildi.

    Seminarda Institutning Tibbiyot xizmati boshlig‘i podpolkovnik Zafar Aliqulov va shifokor-terapevti leytenant Akmal Yusupovlar «Tamaki mahsulotlarini chekishning salbiy oqibatlari» mavzusidagi ma’ruzalarida chekish va uning odamga, uning organizmiga zararli ta’siri hamda insoniyatga keltirayotgan turli xil salbiy oqibatlari xususida, shuningdek, tamaki chekishni kelib chiqishining tarixi, chekish va unga qarshi kurashish hamda oldini olish masalalari eng qiyini bо‘lib, juda keng tarqalgan va tarqalayotganini, shuning uchun ham butun dunyo bо‘yicha eng og‘ir muammolardan biri ekanligi borasida keng tushunchalarni berib о‘tishdi.

    Notiqlar, butun dunyoda chekishga qarshi kurashib kelinayotganligini Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 31 may kunini butun jahonda chekishga qarshi kurash kuni deb e’lon qilinganligini aytib о‘tdi.

    Bu borada respublikamizda 2012 yil 6 aprel kunidan kuchga kirgan «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash tо‘g‘risidagi» Qonunni qabul qilingani hamda ushbu Qonunni ijrosini ta’minlash maqsadida, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini kamaytirish uchun salmoqli ishlarni amalga oshirilib kelinayotganini alohida ta’kidlab о‘tildi.

    Undan tashqari insonlar hayoti davomida chekish holati kо‘pgina surunkali kasalliklarni keltirib chiqaruvchi, shu bilan birga ish qobiliyatini pasaytiruvchi, nogironlikni va о‘limning kо‘payishiga sabab bо‘luvchi xavfli omillardan biri bо‘lib qolayotgani, butun dunyoda tamaki chekuvchilar soni 1,6 mlrdga yetadi, ularning 84% rivojlanayotgan mamlakatlar aholisiga tо‘g‘ri kelayotgani har yili dunyoda 5 mln aholi tamaki chekish tufayli rivojlanadigan kasalliklardan hayotdan erta kо‘z yumayotganini alohida statistik ma’lumotlar asosida yetkazildi.

    Shuningdek, tamaki yurak – qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, ichki sekretsiya, jinsiy bezlar kabi a’zolariga zaharli ta’sir qilib miokard infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlarning surunkali yallig‘lanishi va saraton singari kо‘pgina xavfli kasalliklarga sabab bо‘lishini, о‘pka sarotoni kasalligiga chalinganlarning 96% aynan kashandalar hissasiga tо‘g‘ri kelishini, tamaki organizmning jinsiy faoliyatiga va naslga salbiy ta’sir qilishini, farzandsizlikka, tug‘iladigan bolalarni zaif, nogiron, jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga ham sabab bо‘lishini, shunday ekan, organizmning kushandasi bо‘lmish tamaki mahulotlarini chekishga aslo yо‘l qо‘ymaslik lozimligini atroflicha tushuntirildi.

   Seminar sо‘ngida ma’ruzachilar tomonidan kursantlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi hamda mavzuga doir videorolik havola etildi.