MО‘TABAR 50 YOSHINGIZ MUBORAK BО‘LSIN!

MО‘TABAR 50 YOSHINGIZ MUBORAK BО‘LSIN!

    Yong‘in xavfsizligi instituti rahbariyati va shaxsiy tarkibi, qariyb 20 yilga yaqinroq vaqt mobaynida, Yong‘in xavfsizligi institutida samarali faoliyat yuritgan inson, Umurzakova Yelena Yuryevnani qutlug‘ 50 yoshni qarshi olganliklari munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

   Umurzakova Yelena Yuryevna о‘zining mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, samimiylik va fidoyilik kabi fazilatlari bilan Institut xodimlari orasida yuksak e’tibor qozondi.

     Ushbu quvonchli ayyomda, Institutimiz xodimlari va kursantlarining ish xaqi, moddiy yordam puli va stipendiyalar bilan о‘z vaqtida ta’minlanishi uchun jon kuydirib xizmatni tashkillashtirishingiz barobarida, oilangizda mehribon onalik vazifasini ham bekamu kо‘st ado etayotganingizni alohida qayd etib о‘tish joizdir.

     Umurzakova Yelena Yuryevna shogirdlariga kasb mahorati sirlarini sidqidildan о‘rgatib kelayotgan tajribali murabbiy va mehribon ustoz sifatida ham qadrlashadi.

Muborak ayyomingiz tiniq tongiday,
Musaffo ranglarga tо‘lganda borliq,
Xushbо‘y tabiatning yetti rangiday,
Osmon gardishida qolganda yorliq,
Eng porloq tuyg‘ular tilaymiz, Sizga,
Eng shirin orzular tilaymiz, Sizga.

QADRLI YELENA YURYEVNA!

    Ushbu quvonchli kunda eng samimiy ezgu tilaklarimizni bildirib, Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy totuvlik, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik hamda farovonlik tilaymiz!

Yong‘in xavfsizligi instituti 
matbuot xizmati