ARMRESTLING G‘OLIBLARI

ARMRESTLING G‘OLIBLARI

    Sport bu tinchlik va do‘stlik rishtalarining ramzi, har bir sportchi o‘z mahorati ila ana shu rishtalarni mustahkamlaydi. Muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvardagi “O‘zbekiston respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5924-sonli hamda 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmonlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Jumladan, 2022-yilning 10-sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan “Milliy” madaniyat va istirohat bog‘ida professional chempion sportchilar ishtirokida mahorat darslari va turli sport turlaridan fleshmob tashkil etildi.
      Mazkur festivalda barcha sport turlari kabi armrestling sport turi bo‘yicha ham musoboqalar tashkil etildi va qiziqarli o‘tgan ushbu musobaqada O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi O‘quv kurslari vzvod komandiri leytenant Hurmatillo Madazimov 70 kg vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining yo‘riqchi-qutqaruvchisi kichik serjant Mirabdulla Mirkarimov 80 kgdan yuqori vazn toifasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
        Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.

Mayor Farhodjon XOJAYEV,
Akademiya katta o'qituvchisi