JALOLIDDIN MANGUBERDI – VATAN HIMOYACHISI

JALOLIDDIN MANGUBERDI – VATAN HIMOYACHISI

    O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida vatanparvarlik, ona-Vatanga sadoqat tushunchalarini mustahkamlash, buyuk bobokalonlarimizning vatan ozodligi yo‘lida olib borgan mardona kurashlari, ularning ko‘rsatgan jasorat va matonatlari hamda mamlakatimizning boy tarixiga oid bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, 2021 yilning 23 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining ma’naviyat va ma’rifat markazida “Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Al-Buxoriy universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasasi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti siyosiy fanlari bo‘yicha falsafa doktori Jahongir Akramov hamda Akamiyaning professor – o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etdi.
    Tadbirda ma’ruzachi tomonidan Jaloliddin Manguberdining hayoti va ijodi, ijobiy fazilatlari, harbiy sohadagi mard va jasurliklari, janglarda sir-asrorlari hamda o‘zbek o‘g‘lonining o‘sha davrdagi jonajon Vatanni sevish, uni ardoqlash, vatanparvarlik ruhidagi qarashlari xususidagi keng mulohazali ma’lumotlar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.


Akademiya Matbuot xizmati