MUSTAQILLIK – BEBAHO NE’MAT!

MUSTAQILLIK – BEBAHO NE’MAT!

        Yangi O‘zbekistonda jonajon diyorimizning mustaqqligining 31 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida bayram tadbirlari tantanali o‘tkazilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining dars mashg‘ulotlarida 2022-yilning 31-avgust kuni professor-o‘qituvchilar tomonidan “Mustaqillik – bebaho ne’mat” mavzusidagi dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
     Mazkur dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan kursantlarga mustaqillikning 31 yilligi davomida yurtimizdagi barqaror, tinch va osuda hayot, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarni, hayotiy haqiqatni asosiy va bosh g‘oya ekanligini batafsil tushuntirildi. Shuningdek, ushbu darsda kursantlarga respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan, erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganini aniq misollar bilan atroflicha tushuntirib berildi.


Barno XADJIYEVA,
FVV Akademiyasi
O‘quv jarayonini tashkillashtirish va
muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘ining
o‘rinbosari, podpolkovnik.