MATONAT MAKTABI

MATONAT MAKTABI

        Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizni ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan sportda o‘z nufuziga ega bo‘lgan yoshlar tobora ko‘payib bormoqda va ular ishtirokida yoshlar ongida sog‘lom ma’naviy axloqiy va ruhiy muhitni uyg‘otish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni kelajakda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga va ko‘maklashishga qaratilgan turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
      Jumladan, joriy yilning 15-sentabr kuni Akademiya “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida taniqli sportchilar bilan “Matonat maktabi” ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
      Tadbirda Sportning yengil atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XV Paralimpiya o‘yinlarida sportning yengil atletika turi bo‘yicha bronza medali sovrindori, “Jasorat” medali sohibi Saxatov Miran Miryunusovich va Sportning dzyudo turi bo‘yicha O‘zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi, 2021-yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o‘tkazilgan XVI Paralimpiya o‘yinlarida sportning dzyudo turi bo‘yicha kumush medali sovrindori, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li hamda Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar ishtirok etdi.
    Tadbirda so‘zga chiqqanlar, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda sport sohasiga berilayotgan e’tibor, yoshlarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida to‘xtalib, iqtidorli sportchilarni professional sportchilar sifatida tayyorlash, Olimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz faoliyatini keng targ‘ib etish maqsadida mahorat maktablari barpo etilayotganini alohida ta’kidladilar.
    Shunindek, sportchilar o‘zlarining hayot yo‘llari, sport cho‘qqilariga chiqishdagi qiyinchilik va to‘siqlarni mardonavor yengib o‘tganliklari, qo‘lga kiritgan medal va kuboklari tarixi to‘g‘risida yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berdilar va kursantlar she’riyatimiz nodir durdonalaridan namunalar keltirildi.
         Tadbir yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga sportchilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.


Akademiya Matbuot xizmati