АKАDEMIYA KURSАNTLАRI GʼАLАBА BOGʼIDА

АKАDEMIYA KURSАNTLАRI GʼАLАBА BOGʼIDА

    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʼrsatgan koʼp millatli Oʼzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʼalabani taʼminlashga qoʼshgan munosib hissasini keng miqyosda yoritish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni oʼz ichiga olgan “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi barpo etildi.
      Ushbu tashkil etilgan “Gʼalaba bogʼi”da Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʼrsatgan koʼp millatli Oʼzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʼalabani taʼminlashga qoʼshgan munosib hissasini ilmiy asosda oʼrganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʼrtasida keng targʼib etish ishlari amalga oshirilmoqda.
    
      Jumladan, 11 oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi harbiy xizmatchilari va kursantlari ushbu “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Ikkinchi jahon urushida ajdodlarimiz koʼrsatgan qahramonliklarni ulugʼlash, oʼtganlarning nomini abadiylashtirish uchun Toshkent shahrida Gʼalaba bogʼi tashkil qilindi. Bogʼda urush davridagi manzara – blendajlar, pulemyotlar, fashistlarning tanklari, mototsikldagi holatlari, urush vayrongarchiliklari, xalqimizning qahramonligi toʼliq ifoda etilganligini koʼrib yana bir bor gʼururlandilar.
    Xulosa oʼrnida taʼkidlash joizki, bizning mard, yengilmas va olijanob xalqimiz buyuk Gʼalabani taʼminlashga beqiyos hissa qoʼshgani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. Bu qonli urushda jami 1,5 milliondan ziyod Oʼzbekiston farzandlari tinchlik va ozodlik uchun mardona jang qilgani, ularning har uch nafaridan biri oʼz yaqinlari bagʼriga qaytmagani, el-yurtimizning front ortida koʼrsatgan jasoratini xalqimiz hech qachon unutmaydi.
        Аlbatta mana shunday yodgorlik majmualariga tashriflar yoshlarni yuksak maʼnaviy-maʼrifiy, gumanizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga munosib xizmat qiladi.


Farhodjon XOJАYEV,
Аkademiya oʼqituvchisi, kapitan