SOGʼLOM АVLOD – YURT TАYANCHI

SOGʼLOM АVLOD – YURT TАYANCHI

   Yangi O‘zbekistonda navqiron avlodni jismonan sogʼlom, maʼnan yetuk, intellektual salohiyatli shaxslar qilib tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi ezgu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda koʼplab jamoat tashkilotlari qatori “Sogʼlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining ham munosib oʼrni bor.
    Jumladan, 2022-yilning 07-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va o‘tkazish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 4-F-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida va 2021-yil 26-noyabrdagi Favqulodda vaziyatlar vazirining 343-sonli buyrugʼi talablariga asosan, “Sogʼlom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida harbiy xizmatchilarning oila-a’zolariga sog‘lomlashtirish va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri oʼtkazildi.
    Mazkur tadbir davomida Akademiyaning 50 dan ortiq harbiy xizmatchilarining oila aʼzolariga tegishli malakali mutaxassis vrachlar va hamshiralar tomonidan yaqindan tibbiy koʼriklar oʼtkazildi hamda kasalligi mavjud boʼlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolariga sogʼliklarini tiklashlari uchun zarur koʼrsatma va maslahatlar berildi.
    Profilaktik tibbiy koʼrigining yakunida esa fuqarolarga tibbiy koʼrik varaqalari va oʼzlari yashaydigan va tegishli davolash profilaktik muassasalariga davolanishlari uchun yoʼllanmalar berildi.
    Xulosa oʼrnida taʼkidlash joizki, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi farzandlarimizning har tomonlama sogʼlom, barkamol bo‘lib ulgʼayishlari borasida Prezidentimiz Farmon va qarorlari hamda Davlat dasturlarida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarishda baholi qudrat oʼz hissasini qo‘shib kelmoqda. Zero, kelajak uchun qilingan har bir xayrli va savobli ish ertaga o‘z mevasini berishi, shubhasiz.

Farhodjon XOJAYEV,
Akademiya katta o‘qituvchisi, kapitan.