MEN MUSTАQIL OʼZBEKISTON FАRZАNDIMАN!

MEN MUSTАQIL OʼZBEKISTON FАRZАNDIMАN!

   2021 yilning 5 yanvar kuni FVV Аkademiyasi harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi bilan hamkorlikda oʼnga yaqin oliy harbiy va oliy taʼlim muassasalarining 500 nafardan ortiq kursant va talabalari bilan birgalikda «Men mustaqil Oʼzbekiston farzandiman!» mavzusida ilmiy-maʼrifiy videokonferentsiya oʼtkazildi.
   Videokonferensiyada soʼzga chiqqanlar tomonidan muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʼmondoni Shavkat Mirziyoyevning «Аgar katta avlodning bilimi va tajribasini, uzoqni koʼra olish fazilatlarini yoshlarimizdagi gʼayrat-shijoat, mardlik va fidoyilik bilan birlashtira olsak, koʼzlagan marralarga albatta yetamiz. Yangi Oʼzbekistonni ana shunday bilimli va bunyodkor yoshlarimiz bilan birgalikda barpo etamiz» – deya aytgan iboralarini alohida eʼtirof etdilar. Shuningdek, mamlakatimiz yoshlariga yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlar, yoshlarimiz bilim va koʼnikmalarini yanada oshirib, jamiyatda mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlishlari, shuningdek, bugungi kunda xorijiy tillar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta oʼzlashtirish hayotiy zaruratga aylanib borayotganligi xususida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
    Videokonferensiya doirasida, 2021 yilning mamlakatimizda «Yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb nomlanishi xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olinganligi, gʼoyat quvonchli va tarixiy hodisa boʼlganligi borasidagi keng fikr-mulohazalar ham bildirildi.
  Videokonferensiya yakunida notiqlar tomonidan ishtirokchilarni malakatimizda yoshlarni qoʼllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, yoshlarimiz orasida mavjud muammolarga doir qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Аkademiya Matbuot xizmati