YOSHLARGA E'TIBOR - KELAJAKKA E'TIBOR

YOSHLARGA E'TIBOR - KELAJAKKA E'TIBOR

   Barchamizga maʼlumki, yoshlarimizni barcha sohalarda erishayotgan yutuqlarini, isteʼdodlarini namoyon etishlari uchun davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan boʼlib, ular oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib etishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
    2021 yil 13 aprel kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishi doirasida yoshlar bandligini taʼminlash va boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi hamda Yangihayot tumani 2, 3 va 285-sonli umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda 2021 yilning aprel-may oylari davomida olib boriladigan madaniy-maʼrifiy va tarbiyaviy-profilaktik tadbirlar rejasi tuzildi.
    Mazkur rejada belgilangan tadbirlar ijrosi yuzasidan joriy yilning 20 aprel kuni Аkademiyaning bir guruh kursantlari Yangihayot tumani 285-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida Аkademiya kursantlari hamda maktab oʼquvchilari oʼrtasida sportning “Shaxmat-shashka” turi boʼyicha musobaqa oʼtkazildi. Musobaqada faol qatnashib gʼolib boʼlgan oʼquvchilarga Tashakkurnomalar topshirildi. Doʼstona ruhda oʼtkazilgan sport tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.

Farhodjon XOJAYEV, 
Akademiya katta o'qituvchisi,
kapitan.