KORRUPSIYA - MILLAT ZAVOLI

KORRUPSIYA - MILLAT ZAVOLI

    Joriy yilning 19 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Korrupsiya - millat zavoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilar va kursantlar ishtirok etdi.
     Davra suhbatida Akademiyaning Bosh yuristkonsulti adliya katta leytenanti Oybek Parpiyev tomonidan O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi Farmoni ijrosi yuzasidan uslubiyotda qayd etilgan asosiy tushunchalar mohiyatlarini tushuntirib berildi.
    Jumladan, korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora beruvchi manfaatlari yo‘lida harakat yoki harakatsizlik uchun moddiy manfaatdor bo‘lishini, shu jumladan pul, qimmatbaho kog‘oz, boshqa ko‘rinishdagi mulk va mulkiy huquqlar, mulkiy xarakterdagi xizmatlar olishni, talab qilishni, undirishni, taklif qilishni yoki berishni, pora berish va yoki olish yoki bunda vositachilik qilishda, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlar undirish (pora olish) va boshqa noqonuniy maqsadlarda o‘z xizmat vazifalaridan noqonuniy foydalanishni salbiy illatlari va uning oqibatlari xususida alohida ta’kidladi.
    Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish bo‘yicha Nizomga asosan hisobot turlari va uni tuzish davriyligi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida hisobotni shakllantirish tartibi, korrupsiyaga qarshi kurashga oid davlat dasturlarida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish tartibi bilan bog‘liq masalar qayd etildi.


Akademiya Matbuot xizmati