АKАDEMIYADА JINOYATCHILIK VА HUQUQBUZАRLIKLАRNI OLDINI OLIShGА QАRTILGАN PROFILАKTIK TАDBIRLАR OʼTKАZILMOQDА

АKАDEMIYADА JINOYATCHILIK VА HUQUQBUZАRLIKLАRNI OLDINI OLIShGА QАRTILGАN PROFILАKTIK TАDBIRLАR OʼTKАZILMOQDА

    Joriy yilning 18 may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida Аkademiyaning harbiy xizmatchilari va kursantlarini huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tadbir oʼtkazildi.
   Tadbirda, Toshkent shahar, Yangihayot tumani jinoyat ishlari boʼyicha sudьyasi I.Rajabov hamda Аkademiya harbiy xizmatchilari va kursantlari ishtirok etdi.
   Tadbirda soʼzga chiqqanlar, jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish davr talabi ekanligi hamda Qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, yoshlarni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda jamoatchilikning oʼrni muhim ekanligi, yoshlar bilan alohida ishlashning samarali tizimini yoʼlga qoʼyish lozimligini taʼkidladilar. Shu bilan bir qatorda, Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XXII bobi Harbiy xizmatni oʼtash tartibiga qarshi jinoyatlarning mazmun mohiyati, Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 29 aprel kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi 688-sonli qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasining 2021 yil 27 aprel kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʼgʼrisida”gi 687-sonli Qonuning mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berib oʼtdilar.


Firdavs KАRIMOV,
Tarbiyaviy va mafkuraviy
ishlar boʼlimi ofitseri,
leytenant.