AKADEMIYADA “MEN DONORMAN” XAYRIYA QON TOPSHIRISH AKSIYASI O‘TKAZILDI

AKADEMIYADA “MEN DONORMAN” XAYRIYA QON TOPSHIRISH AKSIYASI O‘TKAZILDI

     Joriy yilning 21-23-dekabr kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida “Men donorman” xayriya qon topshirish aksiyasi doirasida Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlar faol ishtirok etdilar. Sharafli mashaqqatli kasb egalari o‘z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berishni vazifalaridan tashqari xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zishdek oliyjanob ishga hamisha tayyor ekanliklarini yana bir bor namoyon etdilar.
   Ushbu aksiya karantin qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq rioya etilgan holda, Tibbiy ko‘rikda donorlikka munosib, deb topilgan ko‘ngillilar aksiyada qon topshirdi. Qabul qilingan beg‘araz donorlik yordamlari og‘ir bemor bolalarni davolashga yo‘naltiriladi. Ezgulikning yorqin namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar Akademiya harbiy xizmatchilari va kursantlariga xos bo‘lgan oliyjanob fazilatlaridan biridir. Albatta insonning hayotini asrab qolish ko‘pincha qon quyish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, savobli amallarni o‘zida jo etgan bunday tadbirlar zamirida ham bemorlar dardiga shifo topish, ularni sog‘lom hayotga qaytarishdek ezguliklar mujassamdir.

Akademiya Matbuot xizmati