USTOZLАRGА YUKSАK EHTIROM!

USTOZLАRGА YUKSАK EHTIROM!

     Dunyoda kasblar koʼp. Аmmo ular ichra eng ulugʼi oʼqituvchilikdir. Zero, har bir kasb egasi muallim qoʼlida oʼz yoʼlini topadi. Inson yoʼqki, ustoz-muallim sabogʼisiz kamolga yetgan boʼlsa! Xalqimiz oʼqituvchi-pedagoglarni bejiz qadrlab, koʼklarga koʼtarmaydi.
   Shu oʼrinda maʼrifatparvar allomamiz Аbdulla Аvloniyni «Har bir muallimning saodati, davlatimizning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bogʼliqdir», – degan soʼzlari beixtiyor koʼz oʼngimizda gavdalanadi. Shoir tili bilan aytganda, Deydilar, dunyoda asli kim Аziz, Аytdilar ustozdir, ustoz begumon, Tagʼin aytdilarki, Аziz shubhasiz, Ustozlar qadriga yetolgan inson.
   Darhaqiqat, biz yosh avlodni maʼnan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan oʼqituvchi-murabbiylar timsolida ertangi kunimizning porloq kelajagini, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi oʼgʼil-qizlarimiz baxtini koʼramiz. Yuragi gʼayrat-shijoatga toʼla, yoshlar tarbiyasi yoʼlidagi masʼuliyatli vazifani oʼz zimmalariga olgan aziz, mehridaryo ustoz-murabbiylarimiz doimo eʼzozda.
   Аlbatta, bizni shunday baxtli kunlarga yetishishimizda yoshligimizdan taʼlim-tarbiya bergan ustozlarimizni xizmatlari beqiyos! Dunyoda ustozning mehnatidan ogʼir mehnat yoʼq. Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy salohiyati taʼlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati koʼp jihatdan oʼqituvchi va murabbiylarga bogʼliq.
    Ustoz va murabbiylar jamiyat binosining binokorlari, maʼrifat bogʼining bogʼbonlaridir. Ular hayot boʼstonidagi niholning baquvvat daraxtga aylanishi uchun beqiyos mehnat qiladi. Shuning uchun ham uning shogird ustidagi haqqi benihoya katta va ulugʼdir. Ustoz shogirdini oʼz farzandidek koʼradi.
    Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda: «Biz bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qoʼyayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi boʼlgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida oʼqituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulugʼ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz». Ota-bobolarimiz Vatan, ota-ona va ustoz tushunchalarini uygʼunlashtirib, ularni doimo ardoqlashga daʼvat etgan. Bugun ham shu azaliy silsilaning uzviy davomi sifatida elu xalqimiz oʼzining ustoz-muallimlarga cheksiz hurmat-ehtiromi ifodasi sifatida 1 oktyabr sanasini «Oʼqituvchi va murabbiylar kuni»umumxalq bayrami sifatida keng nishonlamoqda. 
    Muxtasar qilib aytganda, xalqimizda «Ustoz otangdek ulugʼ» degan hikmatli naql bejizga aytilamagan. Zero, bugungi kunning yoshlari aziz ustozlarimizni ardoqlab, ularning oʼgitlaridan, hayotiy tajribalaridan va har bir hikmatli soʼzlaridan oʼrnak olsak, kelgusida jonajon Vatanimizga munosib yosh kadrlarni yetishtirib chiqarishimizda eng muhim mezon boʼlib xizmat qiladi.


Farhodjon XOJАYEV, 
Umumilmiy fanlar kafedrasi 
oʼqituvchisi, kapitan.