YONG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTIDA SIRAJITDINOV ALI BURXANOVICHNI 70 YOSHLI TAVALLUD AYYOMIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR О‘TKAZILDI

YONG‘IN XAVFSIZLIGI INSTITUTIDA SIRAJITDINOV ALI BURXANOVICHNI 70 YOSHLI TAVALLUD AYYOMIGA BAG‘ISHLANGAN MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR О‘TKAZILDI

    Joriy yilning 20 sentabr kuni О‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi institutida iste’fodagi polkovnik Sirojitdinov Ali Burxanovichning 70 yoshli tavallud ayyomiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi.

    Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti professor-о‘qituvchilari, Yong‘in xavfsizligi instituti faxriylari va professor-о‘qituvchilari ishtirok etdi.

     Tadbirni О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi о‘rinbosari general-mayor Qо‘ldoshev Abdulla Hamidullayevich ochib, iste’fodagi polkovnik Sirojitdinov Ali Burxanovichni 70 yoshni qarshi olganliklari bilan samimiy tabriklab, о‘z nutqida ustozimiz Ali Burxanovich harbiy xizmatchi oilasida tavallud topganligini, mamlakatimiz ilmiy salohiyatini yanada rivojlantirish yо‘lida uzoq istiqbolga mо‘ljallangan о‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida qator nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalari о‘rnatishda sezilarli ishlarni amalga oshirganliklarini, u kishining shaxsiy namuna bо‘ladigan jihatlari bilan barcha jamoaga birdek о‘rnak bо‘ladigan rahbarlik qobiliyati borligi bois, respublikamizga professional kadrlarni yetkazib berishda yosh о‘qituvchilarga munosib о‘rnak bо‘ladigan turli xizmat faoliyatlarini faxr bilan aytishimiz joizligini alohida ta’kidlab о‘tdi.

   Undan tashqari Sirajitdinov Ali Burxanovich pedagogik faoliyatlari davomida AQSH, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlarning shuningdek, respublikamizning nufuzli ilmiy nashrlarida 100 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola va tezislar chop ettirganlar deya alohida e’tirof etdi.

     Sirojitdinov Ali Burxanovich, respublikamizdagi barcha shogirdlarini ilm olishga о‘rgatish bilan birga, о‘zlarini shaxsiy oiladagi farzandlaridek kо‘rib, ularga mehribon murabbiylik fazilatlarini samimiyligi tufayli, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 iyundagi 4005-sonli Farmoni bilan menga «О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni berilgani bejizga emas, albatta deya sо‘zlarida davom etib, u kishi oilada ham mehribon ota, suyukli yor, kamtarin inson sifatida ham gavdalanadi. Hozirda ustoz rafiqalari Dinara Sirajitdinova bilan ahil-inoqlikda umr-guzaronlik qilib, el yurt xizmatida munosib izdosh bо‘layotgan farzandlariga, shirindan-shakar nabiralariga ham tarbiya berib kelayotganliklarini, shuningdek, qariyb 40 yil mobaynida el xizmatida samarali xizmat olib borgan ustozimiz Sirojitdinov Ali Burxanovich nafaqaga chiqqandan sо‘ng ham shijoatlari, samimiy mehnatkashliklari va о‘ziga xos ustoz-murabbiylik faoliyatlaridagi shaxsiy namunaga ega fazilatlari dam olishga yо‘l qо‘ymasdan, О‘zbekiston Respublikasi FVV Yong‘in xavfsizligi institutida yoshlarga ilm sir-asrorlarini о‘rgatishga bag‘ishlagan kamtarin ustoz sifatida faoliyat kо‘rsatayotganliklarini alohida ta’kidladi.

    Shundan sо‘ng, О‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. general-leytenant Xudaybergenov Tursinxan Aydarovichning tabrigini tadbir qatnashchilariga о‘qib eshittirilib, vazirning buyrug‘iga asosan Sirajitdinov Ali Burxanovich «A’lo xizmatlari uchun» kо‘krak nishoni mukofoti bilan taqdirlandi.

    Tadbir davomida Institut boshlig‘i v.v.b., polkovnik Toxtamuradov Dilshod Midxatovich о‘z tabrigida Sirajitdinov Ali Burxanovich, ustoz sifatida namunali, ziyoli shaxs bо‘lib, yoshlarni qalbidan chuqur joy egallaganliklari bois, yosh avlodni vatanga muhabbat xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda о‘zlarining bor imkoniyatlarini safarbar etib, bugungi kunda yuqori malakali xodim sifatida о‘zining boy kasbiy va amaliy hayotiy tajribalari bilan, yosh xodimlarga xizmatning о‘ziga xos sir-asrorlarini о‘rgatish va kо‘nikma hosil qilishlarida murabbiylik saboqlarini berib kelmoqdalar deya alohida ta’kidlab о‘tdi.

    - Shuni alohida ta’kidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning «Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bо‘lib hayotga kirayapti. Men bu yoshlarga ishonaman» degan sо‘zlari zamirida ham biz yoshlarga qanchalar mehr, ishonch va e’tibor mujassam ekanini kо‘rish mumkin.

     Zero, biz yoshlar ham ustozlarimiz о‘gitlaridan, ular bosib о‘tgan boy hayotiy tajribalaridan о‘rnak olib, bor shijoatimiz, imkoniyatimizni safarbar etgan holda, ilm sir-asrorlarini mustahkam egallab, jonajon Vatanimiz ravnaqi yо‘lida shu bilan bir qatorda sohaning islohotlari va istiqbollarini samarali amalga oshirish yо‘lida xizmat qilib, о‘z hissamizni qо‘shamiz deydi – kursant Avaz Parmonov.

   Tadbir sо‘ngida, qutlash uchun sо‘zga chiqqanlar, ustozimiz Sirajitdinov Ali Burxanovichni qutlug‘ 70 yoshni qarshi olganliklari munosabati bilan samimiy tabriklab, ushbu dargohda tahsil olayotgan yoshlarimiz u kishining ulkan tajribalaridan unumli foydalangan holda, о‘zlarining umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bо‘yicha zarur bо‘lgan bilim va kо‘nikmalarini shakllantirib, kelajakda sohaning yetuk mutaxassisi bо‘lib yetishishlarini alohida ta’kidlab, qimmatbaho esdalik sovg‘alarini tantanali tarzda topshirishdi. Shundan sо‘ng, tashrif buyurgan mehmonlarga va tadbir qatnashchilariga dasturxon tuzalib, о‘zbekona osh tarqatildi.

Farhodjon Xojayev, 
Yong‘in xavfsizligi instituti 
matbuot xizmati