65 YOSHINGIZ MUBORAK USTOZ!

65 YOSHINGIZ MUBORAK USTOZ!

    Sizni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoasi nomidan muborak 65 yoshga to‘lganligingiz munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Siz hayotingizni el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida ona Vatanga sidqidildan xizmat qilishga baxshida etgan insonlar safidan munosib o‘rin egallab, uzoq yillar mobaynida samarali xizmat qilib kelmoqdasiz.
       Ushbu quvonchli ayyomda ko‘p yillik samarali xizmatingiz, pedagogik tajribangizga tayangan holda ma’nan yetuk kadrlarni tayyorlashdagi faoliyatingizni, ularning sohaga oid bilimlarini oshirish borasida amalga oshirayotgan ishlaringizni alohida qayd etib o‘tish joizdir. Sizdagi xodimlar uchun shaxsiy o‘rnak bo‘la oladigan talabchanlik, xizmat vazifalarini ado etishga vijdonan yondoshish kabi ijobiy fazilatlarni barcha xodimlarga namuna sifatida ko‘rsatish mumkin. Akademiya ilmiy salohiyatini oshirish, o‘quv jarayonining amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash hamda ilmiy-tadqiqot sohasidagi tashabbuskorligingiz tahsinga sazovor.
   Sizning muallifligingizda chop etilgan ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohalarida xizmat qiluvchi xodimlarning kasbiy hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini mustahkamlashda alohida o‘ringa ega. Sizning shogirdlaringizni bugungi kunda yurtimizning deyarli barcha hududlarida uchratishimiz mumkin. Sizdan turli yuksak martabalarda va yuqori unvonlarda xizmat qilib, yurtimiz tinchligi va barqarorligini ta’minlash borasida bor bilim hamda kuch-g‘ayratini safarbar etib kelayotgan shogirdlaringiz o‘rnak olishmoqda.
     Bugungi qutlug‘ tavallud ayyomingizda Sizga yana bir bor sog‘lik-salomatlik, oilangizga tinchlik-farovonlik, dasturxoningizga fayzu baraka, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga ta’lim berishdek g‘oyat sharafli va mas’uliyatli ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz. Oila a’zolaringiz va do‘stu yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog‘-salomat bo‘ling!

Akademiya Matbuot xizmati