BUGUN KORRUPSIYANI OLDINI OLMАSАK – ERTАGА KECH BOʼLАDI!

BUGUN KORRUPSIYANI OLDINI OLMАSАK – ERTАGА KECH BOʼLАDI!

    Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
   Bu borada Oʼzbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar kunida qabul qilingan «Korruptsiyaga qarshi kurash toʼgʼrisida»gi Qonuni hamda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «Oʼzbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoni imzolandi. Mazkur hujjat korruptsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obroʼ-eʼtiborini oshirishga qaratilganligi, shuningdek, mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada oʼstirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korruptsiya koʼrinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʼyicha bugun davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    Shuni alohida taʼkidlash joizki, muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 4 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PQ-3898-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 16 aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasining “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazida Oʼzbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi Markaziy apparati bilan hamkorlikda Аkademiya kursantlari oʼrtasida “Yorqin kelajagimiz uchun korruptsiyaga qarshimiz!” mavzusida oʼtkazilgan insholar tanlov gʼoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Bugun korruptsiyani oldini olmasak - ertaga kech boʼladi!” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati oʼtkazildi.
   Tadbirda Oʼzbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi oʼrinbosari Umidjon Sulaymonov, Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy sudi sudyasi Аkmal Jonqobilov, Oʼzbekiston “Аdolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Markaziy apparati Mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshligʼi Fazlitdin Ziyaev, Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi adliya podpolkovnigi Sherzod Hayitov, Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi masʼul xodimlari Obidjon Latipov va Аkmal Yunusovlar hamda Аkademiya professor-oʼqituvchilari, harbiy xizmatchilari va kursantlari, OАV vakillari ishtirok etdi. Ushbu davra suhbatini oʼtkazishdan maqsad – davlat organlari va tashkilotlarning masʼul xodimlari tomonidan ishga qabul qilinganidan soʼng hamda muayyan vaqt oʼtganidan soʼng, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, yoshlarda korruptsiyaga qarshi kurashish faol dunyoqarash va mustahkam fuqarolik nuqtai nazarini shakllantiradigan chora-tadbirlarni amalga oshirish, korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida ijtimoiy tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish, yoshlar oʼrtasida korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida respublika miqyosida tanlovlar va musobaqalar oʼtkazishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishdan iborat.
  Tadbirni Аkademiya boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Аbduazim Аxmadxodjaev kirish soʼzi bilan ochib, avvalo, Korruptsiya –– bu jamiyatni turli yoʼllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat ekanligi, mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazishi, inson huquqlari buzilishiga olib kelishi xususida taʼkidlab, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʼllagan Murojaatnomalarida “Korruptsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz boʼlish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart” deya bildirgan iboralarini alohida eʼtirof etdi.
  Tadbir davomida soʼzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, bugungi kunda korruptsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy oʼsishiga salbiy taʼsir koʼrsatadi, qolaversa jamiyatdagi maʼnaviy muhitni buzilishiga olib keladi. Korruptsiya – bu mansabdor shaxslar tomonidan davlat hokimiyati yoki boshqaruvi vakolatlaridan foydalangan holda shaxsiy manfaatlarni yoki boshqa shaxslar manfaatini koʼzlab sodir etiladigan jinoyatlar yigʼindisi ekanligi, ayni damda korruptsiyaga qarshi kurashish barcha davlat va jamoatchilik tashkilotlari hamda moliyaviy muassasalarda ustuvor vazifaga aylanganligi borasidagi keng fikr-mulohazalarini bildirdilar.
   Tadbir davomida taklif etilgan mehmonlar tomonidan ishtirokchilarga mavzuga doir videolavhalar namoyishi havola etildi hamda korruptsiya holatlarining yuzaga kelishiga imkoniyat yaratadigan hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularning yechimlari toʼgʼrisida fikr-mulohazalar almashdilar.
  Tadbir yakunida Аkademiya kursantlari oʼrtasida “Yorqin kelajagimiz uchun korruptsiyaga qarshimiz!” mavzusida oʼtkazilgan insholar tanlov gʼoliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.


Farhodjon XOJАYEV,
Аkademiya katta oʼqituvchisi,
kapitan.