AKADEMIYA KURSANTI TANLOV G’OLIBI

AKADEMIYA KURSANTI TANLOV G’OLIBI

   Buyuk mutafakkir shoir, Mir Alisher Navoiy bobomiz o‘z davrida yoshlarga murojaat qilib, «Quyoshliq istasang, kasbi kamol et», deb yozganlar. Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur taratishni, yaxshilik qilishni istaydigan inson, kamolotga intilib, turli ilm va kasb-hunarlarni o‘zlashtirishi lozim.
   Darhaqiqat, 2021 yillni «Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholini salomatligini mustahkamlash yili» deb nomlanishi xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz tomonidan katta xursandchilik bilan kutib olindi.
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2020 yil 17 dekabrdagi F-5614-son Farmoyishi ijrosini ta'minlash hamda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusning birinchi yoʼnalishi, yoshlarni musiqa, rassomchilik, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, oʼz qobiliyatlarini namoyon qilishiga koʼmaklashish maqsadida, joriy yilning 8-9 yanvar kunlari yoshlar, harbiy xizmatchilar, shuningdek, professional rassomlar o‘rtasida «O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilaman!» mavzusida eng yaxshi tasviriy san'at asarlari tanlovi o‘tkazildi.
  Ushbu tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy givardiya harbiy xizmatchilari hamda yoshlar, professional rassomlar o‘z tasviriy san'at asarlari bilan ishtirok etdilar.
 Tanlov natijalariga ko’ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 2-bosqich kursanti Fayozbek Azimov «Grafika» yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi.
 Tanlov yakunida tashkilotchilar tomonidan tanlov g’oliblari diplom va qimmatbaho sovg’lar bilan taqdirlandilar.
  Akademiya kursantlari xalqaro va respublika bosqichlarida o’kazilayotgan turli yo’nalishlardagi tanlov va musobaqalarda faol ishtiroki taminlanmoqda.


Farhodjon XOJAYEV, 
Akademiya o’qituvchisi, kapitan.