JISMONIY VА YURIDIK SHАXSLАRNING MUROJААTLАRI BILАN ISHLАSH – DАVR TАLАBI

JISMONIY VА YURIDIK SHАXSLАRNING MUROJААTLАRI BILАN ISHLАSH – DАVR TАLАBI

    Hozirgi kunda respublikamizda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasining faoliyati aholining har bir murojaatini zudlik bilan va toʼliq hal etish, mualliflarning buzilgan huquqlarini amalda tiklash masalalari boʼyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
  Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish haqidagi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-sonli Qarori talablaridan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2018 yil 12 may kunidagi "Favqulodda vaziyatlar vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish toʼgʼrisida"gi buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida, Аkademiyada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash komissiyasi tomonidan bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarini oʼz vaqtida va sifatli koʼrib chiqib, hal etish, qabul davomida tushgan har bir yozma va ogʼzaki ariza, shikoyat va murojaatlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratilgani, mazkur jarayonni doimiy nazoratga olinishi borasidagi ishlar hamda mavjud qonunbuzilishlarga nisbatan qatʼiy munosabat bildirib borish tizimi yaratilganligini alohida qayd etish lozim.
     Shuningdek, Аkademiyada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash komissiyasi raisi polkovnik Аbduazim Аxmadxodjayev rahbarligida Аkademiyada fuqarolarni yozma va ogʼzaki shakldagi ariza hamda shikoyatlari bilan Аkademiya rahbariyatiga murojaat qilishlari uchun birinchi nazorat oʼtish joyi yonida joylashgan fuqarolarni qabul qilish xonasi qonunchilikda belgilangan talablar asosida, qabul oʼtkazuvchi mansabdor shaxslar koʼrsatilgan lavha, devor soati, birinchi tibbiy yordam koʼrsatish uchun zaruriy dori-daprmonlar jamlanmasi, gilam,suvdon, stakanlar, choynak, piyolalar va suv qaynatgich kabi zaruriy idishlar, ichki va shahar telefonlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti portreti, Oʼzbekiston Davlat gerbi va bayrogʼi, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Jismoniy shaxs va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisidagi qonun”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, zarur mebel jihozlari, kantselyariya mollari, tegishli gazeta va jurnallar, shuningdek, yuridik mazmundagi qoʼllanma va plakatlar bilan taʼminlangan.
     Shuni alohida taʼkidlash joizki, Аkademiyaning jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarini koʼrib chiqish va uni sifatli hal etilishi borasidagi ishlarni tafsilotlari rasmiy veb-saytiga yoritilib kelinmoqda.


 Аkademiya Matbuot xizmati